Bosh sahifa Kafedralar → Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi kafedrasi

Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi kafedrasi

Kafedra mudiri: Doniyev Bahodir Boshmanovich

Telefon: +99891-543-11-91

Kafedra 1995 yilda “Amaliy fanlar” kafedrasi sifatida tashkil topib, qator yillar “Jismoniy tarbiya, san’at va mehnat ta’limi” kafedrasi nomi bilan faoliyat yuritgan. 2015 yilning yanvaridan kafedra “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim” nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedraga dastlabki yillarda R.A.Aminov, 2000 yil sentabrdan 2012 yil avgustga qadar p.f.n. dosent B.I.Muranov mudirlik qilgan. 2012 yil sentabrdan 2015 yil dekabrga qadar kafedra mudiri vazifasini katta o`qituvchi M.Halimov v.b sifatida kafedra mudirligi lavozimida faoliyat olib brogan bajargan. 2015 yil 1- dekabrdan boshlab  kafedra mudirligi lavozimida p.f.n. B.Doniyev faoliyat yuritib kelmoqda.

Hozirda kafedrada 11 nafar xodim ishlaydi. Shundan 6 nafari asosiy ish o`rinda, 5 nafar o`qituvchi o`rindosh sifatida faoliyat yuritmoqda.  Bir nafar pedagogika fanlari nomzodi: dotsent B.Doniyev; to’rt nafar o`qituvchilar Z.Nazarova, Z.Pardayev, L.Maxmatgaziyeva,  K.Suvonova hamda kabinet mudiri Z.Jurayeva:  besh nafar o`rindosh o’qituvchilar, shundan ikki nafar pedagogika fanlari nomzodi B.Muranov, O.Eshniyozov: o’qituvchilar Sh.Oydinov, Sh. Ro’ziyev, R.O’ralov faoliyat yuritib kelmoqda.

KAFEDRA PROFESSOR-O`QITUVCHILARI HAQIDA MA’LUMOT

Doniyev Bahodir Boshmanovich

1959 yil 27 mart kuni Ishtixon tumanida tug’ilgan. 1984 yil Samarqand davlat pedagogika institutini kasbiy ta’lim o`qituvchisi mutaxassisligi bo`yicha tugatgan. Pedagogika fanlari nomzodi.

2015 yil 1 dekabrdan Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazning “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

.

Nazarova Zulayxo Turobovna

1970 yil 31 avgust kuni Pastdarg’om tumanida tug’ilgan. 1992 yil Samarqand Davlat Pedagogika institutining “Musiqa o`qituvchisi va tarbiyaviy ishlar bo`yicha metodist” mutaxassisligi bo`yicha tugatgan.

2013 yil 2 sentyabrdan Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazning “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedrasi musiqa madaniyati o’qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Pardayev Zafar Shukurovich

1978 yil 14 iyun kuni Urgut tumanida tug’ilgan. 2002 yil Samarqand davlat universitetini elektronika va mikroelektronika bo`yicha pedagog mutaxassisligi bo`yicha tugatgan.

2012 yil 3 sentyabrdan Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazning “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Maxmatgaziyeva Lola Berdimurodovna

1981 yil 22 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug’ilgan. 2009 yil Samarqand davlat universitetini kasbiy ta’lim mutaxassisligi bo`yicha tugatgan. 

2008 yil 1 sentyabrdan Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazning “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedrasi o`qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

 

Suvonova Kamola Rayimqul qizi

1990 yil  4 dekabr kuni Jizzax viloyati Jizzax shahrida tug'ilgan. 2014 yil Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

2015 yil 2 yanvardan  Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedrasi o`qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Juraeva Zulayxo Islomovna

1984 yil 9 noyabr kuni Oqdaryo tumanida tug’ilgan. 2016 yil Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat Institutini “Tikuv buyumlari texnologiyasi” kafedrasining “Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruksiyasini ishlash” yo’nalishini tomomlagan.

2016 yil 1 sentyabrdan Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazning “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedrasi o`qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

 



Tadbirlar