Bosh sahifa Markaz → Axborot resurs markazi

Axborot resurs markazi

Turdiyeva Bashorat Mardonovna 

    1979 yil 25 oktyabr kuni Samarqand viloyati Samarqand shaxrida tug’ilgan. 2005 yil Samarqand  davlat arxitektura va qurilish institutini  tugatgan. 

  2019 yil 1 sentyabrdan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "Axborot resurs markazi" yetakchi mutaxassisi.

  E-mail:

 

Axborot-resurs markazining vazifalari quyidagilardan iborat:

Hududiy markaz axborot-resurs markazining rejalarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini ta’minlash;

-axborot-resurs markaziga ta’luqli normativ-huquqiy hujjatlar va texnologiyalarni ishlab chiqishda va ularni amalga oshirish jarayonlarida ishtirok etish;

-elektron katalogdan foydalangan holda, axborot-resurs markazi xizmat ko’rsatishining yangi turlaridan foydalanishni ta’minlash;

-tinglovchilarning talabiga muvofiq adabiyotlar berilishi va qabul qilishini amalga oshirish, qoniqtirilmagan so’rovlarning tahlilini olib borishda uning yo’nalishi va texnologiyasiga muvofiq ravishda axborot-kutubxona ishi jarayonlari bilan ta’minlash faoliyatini bajarish;

-tinglovchilarga bibliografik ma’lumot va axborotlar yetkazib berish;

-tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxatini tuzish va tinglovchilarga yetkazish hamda yangi o’quv adabiyotlaridan  xabardor etish;

-tinglovchilarning mustaqil ta’lim olishiga ko’maklashish;

-tinglovchilarning axborotlarga bo’lgan ehtiyojlariga muvofiq axborot-kutubxona fondini shakllantirish;

-hududiy markazda axborot-resurs xizmatlari ro’yxatini kengaytirish, uni texnik jihozlash bo’yicha Hududiy markaz direktoriga taklif kiritish;

-tinglovchilar uchun  kechalar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlar o’tkazish;

-axborot-resurs markaziga kirim qilingan kitob va gazeta-jurnallarni saqlanishi, tinglovchilarning foydalanishi uchun sharoit yaratish;

-hududiy markaz faoliyatiga qo’yilgan sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni qat’iy ta’minlash.

Professor-o’qituvchilarining a’zolik daftarchasi mavjud bo’lib, bir o’quv yilida o’qituvchilardan 76 nafari xaftada eng kamida 4 marta kutubxona adabiyotlaridan foydalanganligi qayd etilgan. Tinglovchilar uchun esa alohida “kutubxona monitoringi” nomidagi daftar yuritilib, bu daftarda har oyda tinglovchilarning yo’nalishlari bo’yicha  600-650 tinglovchilarning kutubxonadan foydalanganligi qayd etilgan, ularning 120 nafari o’quv adabiyotlardan, 170 nafari ma’ruza matnlaridan, 80 nafari uslubiy qo’llanmalardan, 290 nafari elektron ko’rinishdagi adabiyotlar va slaydlardan foydalanganligi hisobga olib borilgan.

ARM da 2 ta shtat birligi mavjud bo’lib, 1 ta mudir va mutaxassisdan iborat. ARMda  3 bo’lim mavjud, ya’ni qiroatxana, media va abonementlar bo’limi bo’lib, u yerda 10 ta kompyuter, (ularning hammasi INTERNET tarmog’iga ulangan), 1 ta skaner, 1 ta kseroks, 1ta printer, 1 ta televizor, 1 ta video magnitafon, 2 ta video kamera,1 ta sifrovoy video-fotoapparat, 1 ta audiomagnitafon o’rnatilgan. 

ARMning umumiy kitob fondi – 7290 nusxadan iborat bo’lib, pedagogik, o’quv-metodik adabiyotlar – 1545 nusxa, ijtimoiy sohadagi adabiyotlar – 2489 nusxa, ma’lumotnoma nashrlari – 295 nusxa, badiiy adabiyotlar – 2411 nusxa, ilmiy ommabop  audio-video materialllar – 550dan ziyod.

Qiroatxona 55 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, tinglovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Qiroatxanada bir o’quv yilida 5000 dan ziyod kitobxonlarga xizmat ko’rsatilganligi qayd daftarida ro’yxatga olingan.

Davriy nashrlarga obunaning tashkil etilganligi

Davriy nashrlarga 77 nomda 7680140  so’mlik obuna tashkil etilgan. Kafedralar bilan hamkorlikda sanalarga bag’ishlab tadbirlar uyushtiriladi. Shu jumladan, sanalarga bag’ishlab bibliografik qo’llanmalar, tavsiya qilinadigan ro’yxatlar tuzildi. ARM xodimlari  talablarni qondirish maqsadida, Samarqand davlat universiteti axborot-resurs markazi,  Viloyat ARM bilan yaqin aloqada bo’lib, kerakli qo’llanmalar bilan ta’minlashlarini olib bormoqda. 

ARMda internet  xizmatlari quyidagicha amalga oshiriladi:

  • tinlovchilar uchun eletron pochta ochiladi va undan foydalanish o’rgatiladi
  • elektron pochta bo’yicha so’rovlar bajariladi;
  • elektron pochta  bazasi tashkil kilingan, doimiy ravishda ma’lumotlar (yangi ARM va kutubxonachilik bo’yicha xujjatlar, metodik tavsiyalar, foydali saytlar manzillari) kerakli pochta manzillariga yetkazib turiladi (elektron pochta bazasiga 150 manzil kiritilgan);
  •  Respublikamizning elektron kutubxonalariga  va  foydali   ma’luotlarga ega saytlariga kirishni tashkil etish;
  • tashkil qilingan elektron kutubxona katalogi va tulik matnli ma’lumot bazasi bilan foydalanish o’rgatiladi; 

 

 


Tadbirlar