Bosh sahifa Kafedralar → Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi

Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi

IJTIMOIY - IQTISODIY FANLAR METODIKASI KAFEDRASI TARIXI

Kafedra mudiri: Tagayev Ganisher Xasanovich

Bog'lanish uchun telefon: +99897-392-92-09

e-mail: Ganisher_tagayev@inbox.uz

“Ijtimoiy fanlar va ma'naviyat asoslari” kafedrasi nomi 2018 yildan boshlab “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi deb atalib kelinmoqda.

Kafedra xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida o'z o'rniga ega.

Hozirgi kunda jami 13 nafar professor-o'qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Shundan, asosiy shtat birligida – 7 nafar, o'rindoshlik asosida esa  – 6 nafar. Tarkib bo'yicha kafedrada – 4 nafar dotsent va 9 nafar assistent-o'qituvchilar faoliyat ko'rsatmoqdalar. 30-40 yosh atrofidagi xodimlar 9 nafar, 40-50 yosh atrofidagi xodimlar - 4 nafar.

Kafedrada o`qituvchilari tomonidan 2 ta o'quv moduli bo`yicha – O'zbekiston Respublikasi  Prezidentining asarlari va ma'ruzalarida jamiyat rivoji hamda ta'lim tarbiya masalalari, Xalq ta'limi tizimida ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning me'yoriy-huquqiy asoslari hamda Tarix fanini o`qitish metodikasi, Milliy g'oya turkumidagi fanlarni o`qitish metodikasi modullari bo`yicha  davlat va huquq asoslari fani o'qituvchilari hamda umumta'lim maktablari yoshlar yetakchisi, axborot-resurs markazi rahbar va xodimlari guruhi malaka oshirish kurslarida ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar olib boriladi. Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan o'quv modullari bo'yicha ma'ruza matnlari, taqdimot va testlar banki muntazam yangilanib borilmoqda. Dars mashg'ulotlar zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalangan holda o'tkazilmoqda.

Ta'limning sifat va samaradorligini oshirish maqsadida kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan “Tarix va dunyo dinlari tarixi fanlarini o'qitishining dolzarb muammolari”, “Milliy g'oya turkumidagi fanlarning o'qitilishida kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta'lim standarti ahamiyati”, “2018 yil – faol tadbirkorlik, innovasion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” Davlat dasturlarining mazmuni mohiyati, “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik masalalarini ta'lim-tarbiya sohasida yoritilishi” mavzularida viloyat, tuman va hududiy markaz miqyosidagi ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etildi.

Kafedra tomonidan 2012-yilning 13-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti bilan hamkorlikda akademik Yahyo G'ulomov nomidagi “O'zbek xalqi davlatchiligi tarixi” bo'yicha respublika ilmiy seminari tashkil etildi.

Kafedra tomonidan 2015-yilning 30-noyabr kuni “Barkamol avlodni tarbiyalashda tarixiy va ma'naviy merosimizdan foydalanish masalalari” mavzusida va 2017-yilning 30-aprel kuni “Ijtimoiy fanlarni o'qitishning dolzarb masalalari: muammolar, yechimlar va istiqboldagi rejalar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar o'tkazildi.

Ilg'or ish tajribalarini o'rganish va ommalashtirish maqsadida viloyat umumta'lim maktablarida faoliyat olib borayotgan S.Meliqulova (Samarqand shahar 45-maktab tarix o'qituvchisi), M.Barakayeva (Samarqand shahar 16-maktab huquq fani o'qituvchisi) kabi pedagoglarning ishlari M.Fayziyeva va J.Oripovlar tomonidan samarali ommalashtirilmoqda. Ilg'or ish tajribalarining natijalari kichik ilmiy tadqiqot va metodik yordam sifatida markaz tinglovchilari, ommaviy axborot vositalari nashrlari, konferensiya to'plamlarida va avgust kengashlarida ommalashtirilmoqda.

Kafedra jamoasi huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish hamda o'sib-unib kelayotgan yosh avlodni komil inson sifatida tarbiyalash maqsadida bor imkoniyatlarini safarbar etmoqda.

Kafedra a'zolari haqida ma'lumot

Tagayev Ganisher Xasanovich – 2017-yil 30-iyundan buyon kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 2012-yilda Samarqand davlat universiteti magistratura bosqichini tamomlagan. Pedagogik faoliyati davomida 15 dan ortiq uslubiy ko'rsatma, 20 dan ortiq ilmiy maqolalari nashr etilgan.

 Bog'lanish uchun telefon: +99897-392-92-09

e-mail: Ganisher_tagayev@inbox.uz

 

Haydarov Komil Donaboyevich 2019-yil yanvardan kafedra dotsenti. 1980-yilda ToshDU falsafa va iqtisod fakultetini tamomlagan. Samarqand kooperativ instituti, viloyat hokimligi devoni, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi, VXTXQTMOIda faoliyat ko'rsatgan, 300 ga yaqin ilmiy va uslubiy ishlar muallifi, 2008-yilda “Eng faol ma'naviyat targ'ibotchisi” respublika tanlovining g'olibi. 

Bog'lanish uchun telefon: +99890-606-70-59

 

 

 

Rasulova Durdona Baxronovna - 2008 yil sentyabrdan kafedra o'qituvchisi sifatida faoliyat ko`rsatib kelmoqda. 2002 yilda Samarqand davlat universitetida magistratura bosqichini tamomlagan. Pedagogik faoliyati davomida 20 dan ortiq uslubiy ko'rsatma, 50 dan ortiq ilmiy maqolalari nashr etilgan.

Bog'lanish uchun telefon: +99897-928-09-99

e-mail: durdonarasulova@inbox.uz

 

Kushanova Dilfuza Ubaydullayevna – 2015-yil sentyabrdan kafedra o'qituvchisi sifatida faoliyat ko`rsatib kelmoqda. 2012-yilda Samarqand davlat universiteti magistratura bosqichini tamomlagan. Pedagogik faoliyati davomida 10 dan ortiq uslubiy ko'rsatma, 15 dan ortiq ilmiy maqolalari nashr etilgan.

Bog'lanish uchun telefon: +99897-393-85-08

e-mail: dilfuza.85@inbox.uz

 

 

Oripov Jamshid Yaxshiboyevich 2015-yil 4-maydan kafedra o'qituvchisi sifatida faoliyat ko`rsatib kelmoqda. 2014-yilda Samarqand davlat universiteti magistratura bosqichini tamomlagan. Pedagogik faoliyati davomida 12 dan ortiq uslubiy ko'rsatma, 15 dan ortiq ilmiy maqolalari nashr etilgan.

Bog'lanish uchun telefon: +99890-284-48-91

e-mail: jamshid01@inbox.uz

 

Fayziyeva Mutabar Mardonovna 1987 yil 6 dekabr kuni Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumanida tug’ilgan. 2013 yil Samarqand davlat universitetini tugatgan. 

2018 yil 1 yanvardan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "Tarix" fani o`qituvchisi.

 

Xolmamatov Odil Abdusalimovich - 2019 yil yanvar oyidan boshlab kafedra o'qituvchisi sifatida faoliyat ko`rsatib kelmoqda. 2011 yilda Samarqand davlat universiteti magistratura bosqichini tamomlagan. Pedagogik faoliyati davomida 2 ta uslubiy ko'rsatma, 2 ta ilmiy maqolalari nashr etilgan.

   Bog'lanish uchun telefon: +99894-284-64-69

 

 

 

 



Tadbirlar