Bosh sahifa Markaz → Ilmiy-metodik kengash

Ilmiy-metodik kengash

Ilmiy-metodik kengashning vazifalari quyidagilardan iborat:

Hududiy markaz, uning kafedralari hamda bo’limlarining reja va hisobotlarini ko’rib chiqish, kurslarning ishchi o’quv reja va dasturlarini, Hududiy markaz faoliyatini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalarni muhokama qilish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish samaradorligini ilmiy-uslubiy va tashkiliy jihatdan ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini tahlil qilish va ularni muvofiqlashtirish masalalarini hal etish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bugungi kun talablari darajasiga ko’tarishning asosiy yo’nalishlarini belgilab berish;

“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq malaka talablari, o’quv reja va dasturlarning qat’iy bajarilishini ko’rib chiqish;

kafedra va bo’limlarni ochish, o’zgartirish va tugatishga bog’liq masalalar bo’yicha Institutga tavsiyalar ishlab chiqish;

darslik, o’quv qo’llanma, ilmiy, o’quv-metodik adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilishga tavsiya etish masalalarini hal qilish;

Hududiy markazni rivojlantirishning joriy (yillik) va istiqbol rejalarini tasdiqlash.

Ilmiy-metodik kengash qarorlari direktor tomonidan tasdiqlanganidan so’ng kuchga kiradi.

Ilmiy-metodik kengash raisi muntazam ravishda kengash qarorlarining bajarilishi bo’yicha nazorat olib boradi va kengash a’zolariga qabul qilingan qarorlarning bajarilishi to’g’risida hisobot beradi.



Tadbirlar