Bosh sahifa Yangiliklar → Ilmiy-metodik tanlovning joriy yilning iyun oyi g‘oliblarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi

Ilmiy-metodik tanlovning joriy yilning iyun oyi g‘oliblarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi

Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining konferensiyalar zalida joriy yilning 24 iyun kuni tinglovchilar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan targ‘ib qilinayotgan 5 ta muhim tashabbus doirasida “Eng yaxshi ko‘rgazmali qurol”, “Eng yaxshi tarqatma material”, “Eng yaxshi malakaviy bitiruv ishi”, “Eng yaxshi dars taqdimoti”, “Eng yaxshi ochiq dars va uning ishlanmasi”, “Eng yaxshi videorolik”, “Eng yaxshi ijodkor o‘qituvchi” va “Eng yaxshi kitobxon o‘qituvchi” nominatsiyalari bo‘yicha navbatdagi metodik tanlov hamda sport musobaqlari bo‘yicha ishtirokchi-g‘oliblarni taqdirlashga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 
Tadbir oldidan hududiy markaz direktori S.Usmonov so‘zga chiqib, tinglovchilar o‘rtasida ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ommalashtirish va ularni viloyatimiz miqyosida keng targ‘ib qilish, o‘qituvchilarning ijodkorliklarini yanada oshirish maqsadda hududiy markazda turli tanlovlar, konferensiyalar va sport musobaqalari tashkil etilayotganligi va ushbu ishlarda faol ishtirok etgan pedagog-xodimlarni doimiy munosib rag‘batlantirilib kelinayotganligini ta’kidladi hamda esdalik sifatida g‘oliblarga markazning faxriy yorliqlari topshirildi. Shundan so'ng ular uchun tayyorlangan bayram konserti havola etildi.

 



Tadbirlar


A PHP Error was encountered

Severity: Core Warning

Message: PHP Startup: Unable to load dynamic library '/usr/lib/php5/20131226/memcache.so' - /usr/lib/php5/20131226/memcache.so: cannot open shared object file: No such file or directory

Filename: Unknown

Line Number: 0

Backtrace: