Bosh sahifa Sahifalar → Ingliz tilidan haftalik kurslar

Ingliz tilidan haftalik kurslar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1875-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 25 martdagi “Umumta’lim muassasalarining chet tillar o’qituvchilari malakasini va kasb mahoratini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 67-sonli qarori asosida bugungi kunga qadar barcha umumta’lim muassasalarining chet tili o’qituvchilarining kasb mahoratini oshirish bo’yicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 23 yanvardagi “2017 yilda umumta’lim muassasalarining chet tillar o’qituvchilari kasb mahoratini oshirish har haftalik kurslarining I bosqichini tashkil etish to’g’risida” gi 21-sonli buyrug’i asosida o’quv kurslari 2017 yil 10 martdan boshlab Samarqand viloyatida 58 ta tayanch maktablarda 72 nafar trener-o’qituvchilar 1612 ta chet tili o’qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish bo’yicha I-bosqich har haftalik kurslarni o’tkazish yo’lga qo’yildi.

“Chet tili o’qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish bo’yicha har haftalik kurslarni o’tkazish tartibi to’g’risida"gi Nizomga muvofiq 2017 yil tayanch maktablar negizida o’tkaziladigan har haftalik kurslarning o’quv rejasi va dasturi, trener-o’qituvchilarni tayyorlash bo’yicha I-bosqich maqsadli kursining o’quv dasturi, tuman(shahar)lardagi tayanch maktablari va ularda dars mashg’ulotlarini olib boradigan trener-o’qituvchilar ro’yxati, trener-o’qituvchilarni tayyorlash bo’yicha maqsadli kurslarni tashkil etish jadvali, kurslardagi dars mashg’ulotlari va ulardagi tinglovchilar davomatini qayd etiladigan guruh jurnali hamda kurslarni muvafaqqiyatli tamomlagan trener va o’qituvchilarga beriladigan hujjatlar namunalari tasdiqlandi.

Samarqand viloyat umumta’lim muassasalari chet tili o’qituvchilarining kasbiy va pedagogik mahoratini takomillashtirish uchun xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish an’anaviy 144 soatlik kurslari bo’yicha oylik va haftalik reja, dasturlari bilan to’liq ta’minlandi.

Kurs mashg’ulotlariga sababsiz ravishda qatnashmagan va 18 soatdan ortiq uzrli sabablarga ko’ra mashg’ulotlarga qatnashmagan 35 nafar tinglovchilar kurs tinglovchilari safidan chiqarildi. Har haftalik kurslarni Nizomda ko’rsatilgan muddatlarda (har oyda 3 marta kuniga 6 soatdan jami 18 soat hajmda) chet tili o’qituvchilarining metodik kunlarida mashg’ulotlarning sifatli o’tkazilishi ta’minlandi. Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 27 iyundagi “Umumta’lim muassasalarining chet tillar o’qituvchilari kasb mahoratini oshirish har haftalik kurslari yakuniy attestasiyasini o’tkazish to’g’risida”gi 214-sonli buyrug’i asosida umumiy o’rta ta’lim muassasalarining chet tillar o’qituvchilari har haftalik kurslarining 2017 yil 1-bosqichi yakuniy attestasiyasi 2017 yilning 3-11 iyul kunlari o’tkazildi.

Yakuniy attestasiyada tumanlar kesimida 61 ta ingliz tili o’qituvchisi qatnashmadi va 1577 ta ingliz tili o’qituvchisi qatnashdi. Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 26 iyuldagi 02-02/1-3-3144-sonli xatiga asosan 2017 yil sentyabr oyidan boshlab tuman (shahar)lardagi tayanch maktablar bazasida umumiy o’rta ta’lim muassasalarining chet tillar o’qituvchilari kasb mahoratini oshirish har haftalik kurslarining 2-bosqich mashg’ulotlari davom ettirilishi belgilab berilgan.

Shu munosabat bilan tinglovchilar tarkibi qayta ko’rib chiqildi. Bo’shab qolgan trener-o’qituvchilar o’rniga malakali, trenerlik layoqatiga ega, har oylik maoshiga ustama belgilangan, tajribali chet tili o’qituvchilari tayanch maktablarga biriktirildi. Tahliliy ma’lumotlarga ko’ra 2-bosqich har haftalik chet tili o’qituvchilari malaka oshirish kursi viloyat bo’yicha 57 ta tayanch maktablarda 74 nafar trener-o’qituvchilar mashg’ulotlarni olib borilishi belgilandi. 2017 yil 6-7 sentyabr kunlari A.Avloniy nomidagi Markaziy institut tomonidan 1707 ta o’qituvchilar uchun va 74 ta trener-o’qituvchilar uchun dars ishlanmalar to’plami olindi va tayanch maktablarga yetkazib berildi.



Tadbirlar