Bosh sahifa Tadbirlar → “Ingliz tilini o`qitishning innovatsion metodlari” mavzusidagi viloyat miqyosidagi Ilmiy- amaliy seminar

“Ingliz tilini o`qitishning innovatsion metodlari” mavzusidagi viloyat miqyosidagi Ilmiy- amaliy seminar

Joriy yilning 28 sentabr kuni Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchilari Kutbiddinova Shoira hamda Rustamova Zuhra tomonidan Past Darg`om  tumani 28-ixtisoslashgan davlat umumta`lim maktabida ingliz tili fani o’qituvchilari uchun “Ingliz tilini o`qitishning  innovatsion metodlari”   mavzusidagi viloyat miqyosidagi ilmiy amaliy seminar tashkil etildi.  Seminarda Past Darg`om tuman ingliz tili fani metodisti O.G`aniyev, boshqa tuman metodistlari, viloyat miqyosida faoliyat yuritib kelayotgan ingliz tili fani o`qituvchilari, 28-ixtisoslashgan davlat  umumta`lim maktabi ma`muriyati va o`qituvchilari ishtirok etdilar. Ushbu seminarda  innovatsion ta’lim jarayonini tashkil etish yo’llari, ingliz tilini o`qitishda zamonaviy metodlarning qo`llanishi bo`yicha tavsiyalar berish maqsad qilib olingandi. Seminarda qator ochiq dars mashg`ulotlari o`tkazildi. Jumladan:

9-“B” sinfida “Fax, internet, e-mail” mavzusida ingliz tili o`qituvchisi B.Nazarova, 7-“A” sinfida “Modal verbs” mavzusida ingliz tili o`qituvchisi  Sh.Asadova, 6-“V” sinfida “Homes.Sweet homes” ingliz tili o`qituvchisi  A.Jumayeva tomonidan 3 ta ochiq dars mashg`uloti tashkil etildi. Seminar ishtirokchilari darslsrga qatnashib, kuzatdilar. So`ng dars tahlili o`tkazildi va uslubiy tavsiyalar berildi, o`zaro tajriba almashinildi.

Seminarda Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi Rustamova Zuhra “Ingliz tilini o`qitishning  innovatsion metodlari” mavzusida ma`ruza-taqdimoti bilan chiqish qildi. Kutbiddinova Shoira ishtirokchilar bilan trening mashg`ulotini o`tkazdi. Ushbu seminar yakunida berilgan ma`lumotlari yuzasidan savol-javob bo`lib o`tdi.



Tadbirlar