Bosh sahifa Yangiliklar → “Korrupsiya – halokatga yo‘l” mavzusida davra suhbati

“Korrupsiya – halokatga yo‘l” mavzusida davra suhbati

2019-yil 25-iyunda Samarqand viloyati Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida “Korrupsiya –halokatga yo‘l” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodim Z. Pulatova, Ijtimoiy – iqtisodiy fanlar o‘qitish  metodikasi kafedra mudiri G‘.Tagayev, kafedra o‘qituvchisi J.Oripov, Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi N.Yunusova va markaz tinglovchilari ishtirok etdi.                

G.Tagayev koruppsiyaning mohiyati haqida gapirib, korrupsiya to‘g‘risida 2017 yil 3 yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligini davra suhbati ishtirokchilariga  eslatib o‘tdi.

J.Oripov ushbu qonun 6 ta bob, 34 ta moddadan iborat ekanligini, qonunda “korrupsiya”, “korrupsiyaga oid huquqbuzarlik”, “manfaatlar to‘qnashuvi” kabi asosiy tushunchalarga izoh berilganligini va Respublikamizda hozirgi kunda  korrupsiyaga qarshi o‘tkazilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Davra suhbati  tinglovchilarni qiziqtirgan savollar-javoblar  bilan yakunlandi.



Tadbirlar