Bosh sahifa Yangiliklar → “Maktab amaliyotchi psixologlari” guruhi tinglovchilari Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazida ko‘chma amaliy mashg‘ulotda

“Maktab amaliyotchi psixologlari” guruhi tinglovchilari Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazida ko‘chma amaliy mashg‘ulotda

Pedagogika, psixlogiya va ta’lim texnologiyalari kafedrasi “Maktab amaliyotchi psixologlari” guruhi tinglovchilari bugun  2019-yil 9-sentyabr kuni “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi”ga ko‘chma amaliy mashg‘ulotga bordi.

Markazda tinglovchilarni RBIMM Samarqand filiali psixologi  D.Davronova kutib oldi. Tinglovchilarga markaz mutaxassisi D.Davronova tomonidan  bolalar ijtimoiy moshlashuv markazi faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Markaz psixologi D.Davronova imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiylashuvida psixologlar, ota-onalar  va pedagoglar hamkorlikda ish olib borishlari muhimliligini  ta’kidlab o‘tdi.

Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, shuningdek, markaz faoliyati va mashg‘ulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishib chiqdi.

Tinglovchilar imkoniyati cheklangan bolalarning psixologik xususiyatlarini o‘rganish maqsadida mashg‘ulot olib boriladigan xonalarni diqqat va katta qiziqish bilan kuzatishdi.



Tadbirlar