Bosh sahifa Markaz → Masofadan o'qitishni hududiy muvofiqlashtirish bo'limi

Masofadan o'qitishni hududiy muvofiqlashtirish bo'limi

Bo'lim boshlig’i: Xujakulov Sherzod Amankulovich
Telefon: (97) 916 26 86
E-mail: sherzodbek-86@mail.ru, sherzodbek-86@umail.uz


Masofadan oq’itishni hududiy muvofiqlashtirish bo'limida hozirgi kunda 4 nafar xodim faoliyat olib bormoqda. 

 Xujakulov Sherzod Amankulovich

1986 yil 26 yanvar kuni Samarqand viloyati Nurobod tumanida tug’ilgan. 2015 yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialini tugatgan. 

2018 yil 18 sentabrdan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "Masofadan o'qitishni hududiy muvofiqlashtirish" bo'limi boshlig'i

 

Turapov Vohid Mamadiyorovich

1990 yil 9 may kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug’ilgan. 2012 yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialini tugatgan. 

2018 yil 1 yanvardan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "Masofadan o'qitishni hududiy muvofiqlashtirish" bo'limi muhandis dasturchisi. E-mail: vohid_09@inbox.uz, vohid_09@umail.uz, vohidbek90@mail.ru tel: (97) 929-93-00

 

 

Shakarov Axror Amonqulovich

 1986 yil 8 may kuni Navoiy viloyati, Nurota tumanida to'g'ilgan. 2011 yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialini (kunduzgi) tugatgan.

2019 yil 1 apreldan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "Masofadan o'qitishni hududiy muvofiqlashtirish" bo'limi koordinatori lavozimida ishlab kelmoqda. E-mail: ahror-86@mail.ru tel: (97) 289-89-86

 

 

Ikramova Munisa Sheraliyevna

1984 yil 27 oktabr kuni Samarqand viloyati Jomboy tumanida tug’ilgan. 2005 yil Samarqand davlat universitetini tugatgan. 

2018 yil 1 yanvardan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "Masofadan o'qitishni hududiy muvofiqlashtirish" bo'limi metodisti. E-mail: i-munisa@mail.ru tel: (97) 393-27-10

 

 

Masofadan o’qitishni hududiy muvofiqlashtirish bo’limining vazifalari qo’yidagilardan iborat:

davlat ta’lim standartlari va malaka talablari asosida o’quv ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

pedagog xodimlarning masofadan malaka oshirish shakli bo’yicha o’qitish kurslari ta’lim dasturlari va o’quv materiallarini tegishli kafedra va bo’limlar bilan hamkorlikda ishlab chiqish hamda ularning to’plamini shakllantirish;

o’quv jarayonini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga mos ravishda o’tishini va dars soatlarining bajarilishini nazorat qilish;

masofaviy malaka oshirish kurslarining o’quv jarayoni jadvalini tuzish va o’quv kurslarini tashkil qilish;

tyutorlarni tanlash, ularga texnik va metodik yordam berishda qatnashish hamda ularning ishini nazorat qilish;

tinglovchilarning kontakt sessiyalariga qatnashish davomati va ularning o’zlashtirishini nazorat qilish;

tinglovchilar bilan doimiy aloqa bog’lash, zarur metodik yordam berish va topshiriqlarni bajarilishini xolisona baholashni nazorat qilish;

masofaviy malaka oshirish kurslar monitoringini olib borish;

masofaviy malaka oshirish kurslariga jalb qilinuvchi tyutorlar tomonidan o’quv yuklamalarining bajarilishi yuzasidan Hududiy markaz rahbariyatiga ma’lumotlar tayyorlash;

Masofadan o’qitishni hududiy muvofiqlashtirish bo’limining zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

 
 
 
 
 


Tadbirlar