Bosh sahifa Yangiliklar → “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi hamkorligi” mavzusida seminar

“Oila – mahalla – ta’lim muassasasi hamkorligi” mavzusida seminar

Samarqand viloyati Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida 2019-yil 28-iyun kuni Samarqand shahar “Oila” markazi bilan hamkorlikda  “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi hamkorligi” mavzusida seminar bo’lib o‘tdi. Seminarda   Samarqand shahar “Oila” markazi rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi  Zohidova Sanoat Xamidovna ishtirok etdi.

“Oila – mahalla – ta’lim muassasasi hamkorligi” mavzusidagi seminar tinglovchilarning mavzuga oid qiziqtirgan savollari orqali boshlandi.

Seminarda ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi o‘rni, majburiyati, mas’uliyati va farzandlar bilan o‘zaro munosabatlarini mustahkamlashga doir masalahatlar berilib, hozirgi kunda  Jamoat kengashi, ota-onalar tomonidan ta’lim muassasalaridagi ta’lim – tarbiya sifatini o‘rganish boyicha olib borilayotgan ishlar samarasi haqida, ta’lim muassasalaridagi ta’lim – tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, o‘quvchilar davomatini yaxshilash bilan bog‘liq masalalarda Jamoat kengashi va mahallaning o‘rnini kuchaytirish yo’llari haqida, ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik, jinoyatchilik, huquqbuzarlik yoki boshqa noijtimoiy harakatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni qiziqishlari bo‘yicha har – xil to’garaklarni tashkil qilish yaxshi samar berishi haqida so‘z bordi.  

Shu bilan birgalikda, erta turmush qurish hamda yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, ularni inson sog‘lig‘iga zararlari tomonlari hayotiy voqealar orqali yoritilib, qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, salomatlik masalalari va balog‘at davri o‘zgarishlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. 



Tadbirlar