Bosh sahifa Markaz → Ilg'or tajriba va xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot va tadqiqotlar bo'limi

Ilg'or tajriba va xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot va tadqiqotlar bo'limi

Bo’lim boshlig’i: Eshquvatov Josur Buribayevich

Telefon: 0366-221-48-34 (93) 333 01 09

Eshquvatov Josur Buribayevich

1987 yil 30 avgust kuni Samarqand viloyati Payariq tumanida tug’ilgan. 2015 yil Jizzax davlat pedagogika institutini tugatgan. 

2018 yil 1 yanvardan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "Ilg'or tajriba va xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot va tadqiqotlar" bo'limi boshlig'i

 

Shadibayeva Galina Nurullayevna

1969 yil 11 may kuni Rossiyada tug’ilgan. 1991 yil Samarqand davlat universitetini tugatgan. 

2018 yil 1 yanvardan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "Ilg'or tajriba va xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot va tadqiqotlar" bo'limi metodisti

 

Shomurodova Sitora Xoshim qizi.

1992 yil 20 mart kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida tug’ilgan. 2014 yil O'zbekiston Milliy universitetini, 2016 yil Samarqand davlat universitetini bitirgan. 

2016-2018 yillar davomida Samarqand shahar 64-maktabda o'qituvchi lavozimida ishlagan. 
2018 yil 12 noyabrdan hozirgi vaqtgacha Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "Ilg'or tajriba va xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot va tadqiqotlar" bo'limi uslubchisi.

 

 

Ilg’or tajriba va xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqotlar bo’limining vazifalari qo’yidagilardan iborat:

Hududiy markazda olib borilayotgan ilmiy-metodik va ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirib borish;

Hududiy markaz professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan metodik hamda o’quv-uslubiy materiallarni Ilmiy-metodik kengash muhokamasiga kiritish uchun tayyorlash;

Hududiy markazda o’tkaziladigan ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar ishini muvofiqlashtirib borish;

Hududiy markazda o’tkaziladigan konferensiya va seminarlarning materiallarini to’plam shaklida umumlashtirish va o’rnatilgan tartibda chop etishga tayyorlash;

ilg’or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni aprobasiyadan o’tkazish bo’yicha tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va ishtirok etish;

tajriba-sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan tajribalarni Hududiy markaz saytiga joylashtirish hamda ulardan foydalanish monitoringini olib borish;

tegishli ta’limni boshqarish boshqarmalari bilan hamkorlikda ilg’or ish tajribasiga ega bo’lgan pedagog xodimlarning ish tajribalarini ommalashtirish,

fanni o’qitishning ilmiy, metodik va amaliy muammolarini hal etishga qaratilgan ilg’or tajribalar, pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha kafedralar bilan birgalikda seminarlar, treninglar, mahorat darslarini tashkil etish;

ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish jarayoniga oid zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalar to’g’risidagi ilmiy-axborotlar yuzasidan Hududiy markaz professor-o’qituvchilari va xodimlari uchun o’quv seminarlarini tashkil etish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot yo’nalishlari va mavzularini belgilash;

xalqaro va respublika miqyosida o’tkaziladigan turli grant tanlovlarida (fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovasiya ilmiy-texnika dasturlari) ishtirok etuvchi talabgorlarning hujjatlarini tayyorlash;

xalqaro hamkorlik ishlarini tashkil qilish, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimiga oid ilg’or tajribalarni o’rganish hamda kafedralar tomonidan tajribalarni joriy etish borasida olib boriladigan ishlarni muvofiqlashtirish.

Ilg’or tajriba va xalqaro hamkorlik ilmiy-axborot tadqiqotlar bo’limi zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

 


Tadbirlar