Bosh sahifa Markaz → Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni monitoringini olib borish va sifatini baholash bo'limi

Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni monitoringini olib borish va sifatini baholash bo'limi

Bo'lim boshlig'i: Usmonov Abdurashid Norbo`tayevich

tel: (97) 921 35 57, (93) 333 01 09

Email: usmonov_81@inbox.uz

Usmonov Abdurashid Norbo`tayevich

1981 yil 6 aprel kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug’ilgan. 2006 yil Samarqand davlat universitetini tugatgan. 

2018 yil 17 noyabrdan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta'limi jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash" bo'limi boshlig'i

 

Umarov Sanjar Sunnatovich

1988 yil 21 oktabr kuni Samarqand shahrida tug’ilgan. 2012 yil Samarqand davlat universitetini tugatgan. 

2018 yil 4 yanvardan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta'limi jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash" bo'limi muhandis-dasturchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Kamolova Uljon Abdulxaqovna

1992 yil 14 aprel kuni Samarqand viloyati Payariq tumanida tug’ilgan. 2016 yil Samarqand davlat universitetini tugatgan. 

2018 yil 12 sentabrdan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta'limi jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash" bo'limi yetakchi mutaxassisi

 

Qudratova Aziza Ismatullayevna

1981 yil 4 dekabr kuni Samarqand viloyati Pastdarg'om tumanida tug’ilgan. 2003 yil Samarqand davlat universitetini tugatgan. 

2018 yil 12 sentabrdan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta'limi jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash" bo'limi metodisti

 

Haydarov Xurshid Ismatovich

1987 yil 16 may kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug’ilgan. 2013 yil Samarqand davlat universitetini tugatgan. 

2019 yil 13 maydan  h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta'limi jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash" bo'limi yetakchi mutaxassisi

 

Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash bo’limining vazifalari qo’yidagilardan iborat:

hudud pedagog xodimlarning malaka oshirish davriyligini hamda malaka oshirishga bo’lgan ehtiyojlarini aniqlab borish;

Vazirlik tomonidan attestasiya va tezkor diagnostika shaklida amalga oshiriladigan tashqi nazorat tahlillari natijasi bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilash va uni amalga oshirishda kafedralarga amaliy, metodik yordam ko’rsatish;

Hududiy markazda tashkil etilgan kurslarda tinglovchilar tomonidan toifalar bo’yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishga qo’yilgan malaka talablarining bajarilishini tahlil qilish, uning natijalari asosida ta’lim samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar tayyorlash;

kurs bitiruvchilari orasida maxsus tuzilgan anonim anketa so’rovlari asosida tahlillar o’tkazish, natijalari haqida ishlab chiqarish yig’ilishlarida muntazam axborot berib borish;

pedagog xodimlarni malakasini oshirish bo’yicha taqdim etilgan buyurtmalarni umumlashtirish hamda O’quv jarayonini tashkil etish bo’limi bilan hamkorlikda Hududiy markazning kelgusi kalendar yiliga mo’ljallangan va istiqboldagi malaka oshirish rejalari loyihasini ishlab chiqish;

hamkorlikda pedagog xodimlarning malaka oshirishdan keyingi kasbiy faoliyati monitoringini olib borish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida egallangan bilimlar va ko’nikmalarni baholash mezonlari, yakuniy attestasiya o’tkazish tartibi, ta’lim jarayoni sifatini baxolash monitoringi mexanizmlarini amalga oshirish;

Hududiy markaz kafedralari bilan hamkorlikda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida belgilangan tartibda o’tkaziladigan nazorat turlari uchun test savollari bazasini yaratish hamda ularning yangilanib borilishini nazorat qilish;

Hududiy markaz kafedralari bilan hamkorlikda malaka oshirish tizimi sifati va samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

o’quv kurslar yakunida o’tkaziladigan yakuniy attestasiya jarayonini tashkil qilish va unga rahbarlikni amalga oshirish;

belgilangan “Vaqt me’yorlari” asosida Hududiy markaz professor-o’qituvchilari tomonidan pedagogik yuklama bajarilishini monitoringini olib borish;

Hududiy markaz professor-o’qituvchilari faoliyati reytingini aniqlash va tegishli takliflar ishlab chiqish;

ta’lim sifati monitoringi hamda umumta’lim fanlari bo’yicha o’tkazilgan “Bilimlar bellashuvi” natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va kafedralarga yetkazish hamda ularning ijrosini nazoratga olish.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash bo’limi zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.



Tadbirlar