Bosh sahifa Yangiliklar → Samarqand shahar 24-umumta’lim maktabida amaliyot kuni

Samarqand shahar 24-umumta’lim maktabida amaliyot kuni

Samarqand viloyat  XTXQTMOHM boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari kursi 5-guruh tinglovchilari joriy yilning 10-sentabr kuni Samarqand shahar 24-umumta’lim maktabida amaliyotda bo‘lishdi. Maktabning tajribali boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari Shirinboyeva Tamara 1-“A” sinfida matematika fanidan “Sonlar tartibi”, Diyorova Saodat 1-“E” sinfida savod o‘rgatish fanidan “T tovushi” mavzularida namunali ochiq darslar o‘tishdi. Ochiq darslar zamonaviy texnika vositalari, multimedia ilovalari, ko‘rgazmali qurollar asosida tashkil etildi.

Darslar tugagach Shirinboyeva Tamara tinglovchilarga zamonaviy dars ishlanmasini tuzish, didaktik materiallarning dars samaradorligini oshirishdagi ahamiyati haqida o‘zining tavsiyalarini berdi.

O‘tkazilgan amaliy mashg‘ulot juda samarali bo‘ldi. Tinglovchilar o‘zlari uchun uslubiy yordam oldilar.

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari kursi 5-guruh tinglovchilari Samarqand shahar 24-umumta’lim maktabida amaliyotda bo‘lishdi.

Diyorova Saodat 1-“A” sinfida savod o‘rgatish darsini ko‘rgazmali qurollar bilan, qiziqarli o‘tdi.

Tinglovchilar darsni katta qiziqish bilan kuzatishdi.

Dars davomida o‘quvchilarga mustaqil fikrlashga undovchi topshiriqlar berildi.

 



Tadbirlar


A PHP Error was encountered

Severity: Core Warning

Message: PHP Startup: Unable to load dynamic library '/usr/lib/php5/20131226/memcache.so' - /usr/lib/php5/20131226/memcache.so: cannot open shared object file: No such file or directory

Filename: Unknown

Line Number: 0

Backtrace: