Bosh sahifa Tadbirlar → Samarqand shahar 12-umumta’lim maktabda ko‘chma amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

Samarqand shahar 12-umumta’lim maktabda ko‘chma amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

         Prezident  Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 23-avgust kuni o‘tgan yig‘ilishda «Maktab bu hayot-mamot masalasi. Uni davlat, hukumat va hokimlarning o‘zi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak. Maktab o‘qituvchisini moddiy rag‘batlantirmasak, uning hayot sifati darajasini oshirmasak, islohot haqida gapira olmaymiz», degan.

       Davlat rahbari o‘qituvchi va murabbiylarning o‘zi ham bilim va saviyasini oshirishi, jamoat ishlarida faol ishtirok etishi, halol mehnati va tashabbuskorligi bilan bu kasbning obro‘sini oshirishi kerakligiga ham urg‘u bergan.

      Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini  oshirish  tizimida ham bu borada qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Markazda har oy tinglovchilar o‘rtasida ko‘rik tanlovlar va sport musobaqalari tashkil etilib, ular orasidan eng ijodkor, eng tashabbuskor, eng kitobxon, eng ilg‘or tajribali, jismonan sog‘lom o‘qituvchilar tanlab olinib, g‘olib tinglovchilar rag‘batlantirilib kelinmoqda.

      Shuningdek, markaz va maktab direktorlari o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida har oy  guruhlarda ko‘chma amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.       

     2019-yilning 6-sentabr kuni Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi 3-guruh tinglovchilari Samarqand shahar 12-umumta’lim maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Oliya Abdullayevna Xusanovaning ish faoliyatlari bilan tanishdilar.

1-“A”sinfda ochiq dars jarayonlari.

      Ochiq darslarni kuzatib, tahlil qildilar. Dars jarayonida o‘qituvchi har bir o‘quvchi individual yondashdi. Darsda ko‘rgazmali qurollardan, AKTdan unumli foydaladi. Darsda integratsiya ya’ni fanlararo bog‘liqlik amalga oshirildi. Darsda o‘quvchilar faol ishtirok etdilar. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishga e’tibor qaratildi.

 

      Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari Oliya Abdullayevnaning darslaridan katta taassurot olganliklarini e’tirof etdilar.



Tadbirlar