Bosh sahifa Kafedralar → Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi

Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi

 

 

 

Kafedra mudiri: Usmanov Baxodir Islamovich
Telefon: (+99897) 3956030
E-mail: u_bakhodir58@inbox.uz

Kafedra 1945-1994 yillarda fizika, matematika, informatika, geografiya, ximiya-biologiya fanlari alohida bo`lim sifatida faoliyat ko`rsatgan.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 1993 yil 24 dekabrdagi hay’at qaroriga asosan malaka oshirish instituti viloyat pedagogik xodimlar malakasini oshirish institutiga aylantirildi. Shu munosabat bilan uslubiy xonalar o`rniga kafedralar tashkil etila boshlandi. 1994 yildan boshlab matematika, geografiya, ximiya, biologiya, fizika  fanlari “Tabiiy fanlar” kafedrasi tarkibida, informatika esa alohida “Informatika” kafedrasi tarkibida faoliyat olib borgan. Shu davrdan bugungi kungacha kafedra mudirlari lavozimida  ishlagan professor-o`qituvchilar: 1994-1995 yillarda B.Klimov (geograf), 1995-1997 yillarda A.Davidov (informatik), 1997-1999 yillarda dos. T.Mirzoqobilov (biolog), 1999-2001 yillarda prof. S.Muxammadiyev (biolog), 2001-2010 yillarda dos. N.S.Sirojev (fizik), 2010-2012 yillarda dos. T.S.Maqsudov (matematik), 2012-2015 yillarda dos. Q.T.Xoliqov (fizik), 2015-2017 yillarda Sh.S.Hayitmurodov (matematik), 2017-2018 yil illarda A.Q.Sam’yayev (geograf) kafedra mudiri lavozimida ishlagan. 2018 yil yanvar oyidan boshlab dos. B.I.Usmanov (informatik) kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Kafedrada ko`p yillar mobaynida o`z mehnatlari bilan hurmat qozongan professor-o`qituvchilar:

  • Xakimov Muhiddin Saidovich - 1987-1992 yillarda matematika fani metodisti, 1992-1995 yillarda Matematika kabineti mudiri, 1995-2012 yillarda o`quv bo`limi boshlig`i lavozimida ishlagan. Institutdagi o`z faoliyati davomida M.Xakimov 11 yil Respublika olimpiadalarida komissiya a’zosi bo’lgan.

  • Turaqulova Maqsuda Ibatovna - 1983-1990 yillarda Geografiya kabineti mudiri,  1994-2012 yillari katta o`qituvchi lavozimida institutda geografiya fanidan dars bergan. Shu yillar ichida 50 ta uslubiy tavsiya, 60 dan ziyod ilmiy maqolalar chop ettirgan.

  • Nabisheva Mexriniso Xolmurodovna - 1984-1990 yillarda geografiya fani metodisti, 1990-1994 yillarda Geografiya kabineti mudiri, 1994-2011 yillarda, “Tabiiy fanlar” kafedrasi shakllangandan so`ng, geografiya fanidan katta o`qituvchi lavozimida ishlagan. Ish jarayonida 1993-2005 yillar Respublika ta’lim markazida ilmiy-uslubiy kengash a’zosi, ko`p yillar mobaynida Respublika olimpiadalarida jyuri a’zosi bo`lgan. Mehnat faoliyati davomida 39 ta uslubiy ko`rsatma, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar yozgan.

  • Sharipova Nuriya Sultanovna - 1974 yilda institutga fizika fani metodisti lavozimiga ishga kirib, 2011 yilga qadar fizika kabineti mudiri, katta o`qituvchi lavozimida ishlagan. Yetakchi mutaxassis sifatida fizika fanidan Respublika va Xalqaro olimpiadalarga o`quvchilarni tayyorlash guruhini boshqargan. Xalqaro va respublika konferensiyalarida fizika fanini o`qitishda pedagogik va axborot texnologiyalarning o`rniga bag`ishlangan ilmiy maqolalari bilan qatnashgan. Shu mavzularda umumta’lim maktab o`qituvchilari uchun 10 dan ziyod uslubiy ko`rsatmalar chop etgan.

Kafedrada ko`p yillar mehnat qilgan Xalq ta’limi a’lochisi Batirova Fotima Ashurovna 2000 yilda biologiya o`qituvchisi lavozimida ish boshlagan. 2009-2010 yillarda F.Botirova “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi uchun o`quv-metodik majmualar ishlab chiqish nazariyasi va amaliyoti” mavzusida ID-1.2. shifrli davlat innovasion amaliy tadqiqot dasturida qatnashib, biologiya fanidan o`quv-metodik majmua va ishchi o`quv dasturini ishlab chiqdi. Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o`quv-metodik majmua va ishchi o`quv dasturi Farg`ona PQTMOIda respublika tajriba-sinovidan o`tkazilib, mamlakat malaka oshirish tizimiga joriy etildi.

Yunusova Navbahor Ahmadjonovna kafedrada 2013 yildan biologiya fani o`qituvchisi bo`lib ishlab kelmoqda. 2014 yil Respublika miqyosida tashkil qilingan “Gef-sgp” Kichik- grantlar dasturiga ishtirok etib, “Eng yaxshi topshiriq” nominasiyasi bo`yicha g`olibi bo`ldi va diplom bilan taqdirlandi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 avgustdagi “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 234-sonli qarori hamda Xalq ta’limi vazirligining 2014 yil 27 dekabrdagi 355-sonli “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari (markaz)ning namunaviy ustavlarini tasdiqlash to`g`risida”gi buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida institut rektorining 2014 yil 31 dekabrda chiqargan 165-sonli buyrug`i asosida “Tabiiy fanlar” va “Informatika” kafedralari birlashtirilib, “Tabiiy va aniq fanlar ta’limi” kafedrasiga aylantirildi. 2018 yildan boshlab "Aniq va tabiiy fanlar metodikasi" kafedrasiga o`zgartirildi.

Jamoa ilg`or pedagogik tajribalarni ommalashtirish va zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalarni joriy etish maqsadida har yili viloyat miqyosida 2 ta, tuman miqyosida 6 ta ilmiy-amaliy seminar-treninglar o`tkazishda tashkilotchilik qilib kelmoqda.

Oxirgi uch yilda kafedra o`qituvchilari tomonidan 6 ta uslubiy qo`llanma, 96 ta uslubiy ko`rsatma, 10 ta ilmiy-metodik maqola OAK e`tirof etgan jurnallarda, 35 ta ilmiy jurnallarda, 12 ta ilmiy anjumanlar to`plamlarida, 112 ta tezis respublika anjuman to`plamlarida, 10 ta tezis xorijiy ilmiy anjuman to`plamlarida chop etildi.

Kafedra jamoasi Respublika miqiyosida o`tkazilayotgan umumiy o`rta ta’lim uchun davlat ta’lim standartlari, o`quv dasturlarini tajriba-sinovdan o`tkazishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Kafedra xodimlari doimiy ravishda o`z bilimini, tajriba va malakasini, ilmiy-nazariy saviyasini oshirib borish uchun izlanadilar. Har qanday ijobiy yangilik, ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog`liq ilg`or texnologiyalar tarafdori va targ`ibotchilaridir.

 

 

KAFEDRA PROFESSOR-O`QITUVCHILARI HAQIDA MA’LUMOT

 

 

Usmanov Baxodir Islamovich

E-mail: u_bakhodir58@inbox.uz

 

http://sammoi.uz/files/images/Rektorat/1454059199_usmanov.jpg

1958 yil 17 mart kuni Samarqand shahrida tug'ilgan. 1980 yili Samarqand davlat universitetini amaliy matematika mutaxassisligi bo'yicha tugatgan. Iqtisod fanlari nomzodi.

2018 yil 4 yanvardan hozirgi vaqtgacha Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

Samyayev Anvar Kadirovich

E-mail: samyayev70@inbox.uz

 

http://sammoi.uz/files/images/kafedralar/Samyayev%20Anvar.jpg

 1970 yil 10 yanvar kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug'ilgan. 1997 yili Samarqand davlat universitetini geograf, o`qituvchi mutaxassisligi bo'yicha tugatgan. 

2018 yil 4 yanvardan hozirgi vaqtgacha Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasida geografiya o'qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

Oqnazarov To’lqin Jalilovich

E-mail: tulqin_81@inbox.uz

 

http://sammoi.uz/files/images/kafedralar/%D0%9E%D0%BA%D0%BD%D0%B0%D0%B7%D0%B0%D1%80%D0%BE%D0%B2%20%D0%A2.jpg

 1981 yil 9 aprel kuni Samarqand viloyati Payariq tumanida tug'ilgan. 2005 yili Samarqand davlat universitetini kasb-hunar fanlarini o'qitish metodikasi (informatika va axborot texnologiyasi) mutaxassisligi bo'yicha tugatgan. 

2018 yil 4 yanvardan hozirgi vaqtgacha Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi informatika fani o'qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

Xayitmuradov Sherzod Sag’dullayevich

E-mail: sherzod37@inbox.uz

http://sammoi.uz/files/images/kafedralar/%D0%A5%D0%B0%D0%B9%D0%B8%D1%82%D0%BC%D1%83%D1%80%D0%BE%D0%B4%D0%BE%D0%B2%20%D0%A8.jpg

 

E-mail: sherzod37@inbox.uz

 1982 yil 8 may kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tug'ilgan. 2007 yili Samarqand davlat universitetini matematika fanini o'qitish metodikasi mutaxassisligi bo'yicha tugatgan. 

2018 yil 4 yanvardan hozirgi vaqtgacha Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi matematika fani o'qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

 

Yunusova Navbaxor Axmadjonovna

E-mail: navbaxor73@inbox.uz

http://sammoi.uz/files/images/kafedralar/%D0%AE%D0%BD%D1%83%D1%81%D0%BE%D0%B2%D0%B0%20%D0%9D.jpg

 

 1973 yil 23 mart kuni Samarqand viloyati Samarqand tumanida tug'ilgan. 1994 yili Samarqand davlat universitetini biolog, biologiya va ximiya o'qituvchisi mutaxassisligi bo'yicha  tugatgan. 

2018 yil 4 yanvardan hozirgi vaqtgacha Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi biologiya fani o'qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

  

 

 

Pulatova  Zulfiya  Sheraliyevna

E-mail: lshnj@inbox.uz

http://sammoi.uz/files/images/kafedralar/2019-04-15_170138.jpg

 

 1971 yil 11 fevral kuni Samarqand viloyati Pastdarg'om tumanida tug'ilgan. 1994 yil Samarqand davlat universitetini biolog, biologiya va ximiya o’qituvchisi mutaxassisligi bo’yicha tugatgan. 

2019 yil 4 yanvardan hozirgi vaqtgacha Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi kimyo fani o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

Abduyev Sheroz Bobirovich

E-mail: sheroz@inbox.uz

http://sammoi.uz/files/images/kafedralar/%D0%90%D0%B1%D0%B4%D1%83%D0%B5%D0%B2%20%D0%A8.jpg

 

 1984 yil 21 iyul kuni Samarqand shahrida tug’ilgan. 2007 yili Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Samarqand filialini kasb-hunar fanlarini o’qitish metodikasi mutaxassisligi bo’yicha tugatgan. 

2018 yil 4 yanvardan hozirgi vaqtgacha Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi informatika fani o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

Tugalov Ravshan G’ulomovich

E-mail: ravshan04@inbox.uz

http://sammoi.uz/files/images/kafedralar/%D0%A2%D1%83%D0%B3%D0%B0%D0%BB%D0%BE%D0%B2%20%D0%A0.jpg

 

 1984 yil 30 aprel kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida tug’ilgan. 2008 yili Samarqand davlat universitetini hisoblash matematikasi mutaxassisligi bo’yicha tugatgan. 

2018 yil 4 yanvardan hozirgi vaqtgacha Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi informatika fani o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

Qarshiyeva Dilnoza Utkirjonovna

E-mail: dilnoza_85@inbox.uz

http://sammoi.uz/files/images/kafedralar/%D0%9A%D0%B0%D1%80%D1%88%D0%B8%D0%B5%D0%B2%D0%B0%20%D0%94.jpg

 

 1985 yil 14 oktyabr kuni Samarqand viloyati Pastdarg’om tumanida tug’ilgan. 2012 yili Samarqand davlat universitetini hisoblash matematikasi mutaxassisligi bo’yicha tugatgan. 

2018 yil 4 yanvardan hozirgi vaqtgacha Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi informatika fani o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

Kamolova Uljon Abdulxakovna

E-mail: uljon@inbox.uz

 

 1992 yil 14 aprel kuni Samarqand viloyati Payariq tumanida tug’ilgan. 2016 yili Samarqand davlat universitetini nazariy fizika mutaxassisligi bo’yicha tugatgan. 

2019 yil 3 apreldan hozirgi vaqtgacha Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi fizika fani o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Mannabov Javlon Toxirovich 

E-mail: mannabov@umail.uz

http://sammoi.uz/files/images/kafedralar/%D0%9C%D0%B0%D0%BD%D0%BD%D0%BE%D0%B1%D0%BE%D0%B2%20%D0%96.jpg

1985 yil 26 mart kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tug’ilgan. 2012 yili Samarqand davlat universitetini hisoblash matematikasi mutaxassisligi bo’yicha tugatgan. 

2018 yil 4 yanvardan hozirgi vaqtgacha Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi informatika fani o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

 

Kadirov To’lqin Baxridinovich

E-mail: tulkin_87@inbox.uz

http://sammoi.uz/files/images/kafedralar/%D0%9A%D0%B0%D0%B4%D0%B8%D1%80%D0%BE%D0%B2%20%D0%A2.jpg

 

 1987 yil 25 sentabr kuni Samarqand viloyati Qo’shrabot tumanida tug’ilgan. 2014 yili Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Samarqand filialini kasb ta’limi (informatika va multimediya texnologiyalari) mutaxassisligi bo’yicha tugatgan. 

2018 yil 4 yanvardan hozirgi vaqtgacha Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi informatika fani o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Tadbirlar