Bosh sahifa Tadbirlar → “TA`LIM JARAYONIDA O`QUVCHI BILIMINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASH” mavzusida seminar

“TA`LIM JARAYONIDA O`QUVCHI BILIMINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASH” mavzusida seminar

Seminarda Samarqand viloyat XTXQTMO hududiy markazi Tillarni o`qitish metodikasi kafedrasi dotsenti S.Yuldasheva “Ta`lim natijalarini baholash mezonlari, xalqaro baholash dasturlarining mohiyati” mavzusida ma`ruza qildi. Ma`ruza muammoli savollar va ularning mohiyatini yoritish asosida amalga oshirildi. Ma`ruzadan so`ng kafedra o`qituvchilari R.Toshniyozova va L.Mirzohidovalar “O`qish savodxonligini shakllantirish” mavzusi asosida trening o`tkazdilar. Trening jarayonida ta`limda STEAM yondashuv, PISA topshiriqlarining mohiyati, Blum taksonomiyasi va zamonaviy baholash, ta`lim jarayonida o`quvchi intellektini hisobga olish, kompetensiyani shakllantirish va rivojlantirish asosi kabi masalalar yuzasidan muhokamalar olib borildi. Tinglovchilarga seminar mavzusiga tegishli bo`lgan ma`ruza, taqdimot va tarqatmalar ulashildi.

 



Tadbirlar