Bosh sahifa Tadbirlar → “Ta’limda texnologiyalar: tajriba almashish va strategiyalarni belgilash” mavzusidagi tinglovchilar ilmiy-amaliy konferensiyasining navbatdagi soni bo’lib o’tdi

“Ta’limda texnologiyalar: tajriba almashish va strategiyalarni belgilash” mavzusidagi tinglovchilar ilmiy-amaliy konferensiyasining navbatdagi soni bo’lib o’tdi

Samarqand viloyati xalq ta’lim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida innovatsion yondashuv sifatida malaka oshirish kursiga kelgan tinglovchilarning “Ta’limda texnologiyalar: tajriba almashish va strategiyalarni belgilash” mavzusidagi an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. Konferensiya materiallari jamlangan to`plam nashr etilib, unda ta’lim jarayonini loyihalash, rivojlantiruvchi pedagogik innovatsiyalarni dars jarayonida qo`llash, ta’limiy kompetensiyalarni shakllantirish, o`quvchining mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etish yo`llari, yangi avlod darsliklari va normativ-me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan mulohazalar, ilmiy-metodik taklif va tavsiyalar yoritildi.  Konferensiyani hududiy markaz Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi mudiri dotsent M.Raximqulova ochib berib, ishtirokchilarga sertifikat hamda konferensiya to’plamlarini taqdim etdi.

Ilmiy-amaliy anjuman davomida umumta’lim maktablari fan o’qituvchilarining ilg`or tajribalarini to`plash, ommalashtirish, o`zaro tajriba almashish, ularni faollashtirish va kasbiy rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi. Konferensiyada ishtirokchilar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, ta’lim sohasidagi muammolar, ularning yechimlari, darslarga zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar haqida mulohazalarini bayon etishdi



Tadbirlar