Bosh sahifa Kafedralar → Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi

Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi

Kafedra mudiri: Yuldosheva Saodat Azizovna

Bog‘lanish uchun

Telefon: (91) 314 10 47  

Kafedrada o’quv jarayonini tashkil etishda xalq ta’limi xodimlarining metodik ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida kafedra professor-o’qituvchilari fan yo’nalishlari hamda dars turi, shakllariga muvofiq rivojlantiruvchi, muammoli va shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Amaliy mashg’ulotlarda esa tinglovchilarni kichik guruhlarga, juftliklarga bo’lib, interfaol usullardan samarali foydanib, darslarni tashkil etib kelinmoqda. Shu bilan birga, tinglovchilarning talab-ehtiyoji asosida kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS, o’quv dastur-reja asosidagi dars ishlanmalari namunalari, innovatsion pedagogik texnologiyalar va usullar to’g’risida uslubiy tavsiya, ko’rsatmalar elektron shaklda flesh-uzatuvchilariga  muntazam ravishda yuklab berilmoqda.

Kafedrada xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish yuzasidan  8 ta malaka oshirish toifalarining modullar kesimida o’quv dasturlari va o’quv-metodik majmualar zamonaviy talablar asosida qaytadan takomillashtirildi.

Jumladan, dastur va o’quv-metodik majmualarga  O’ZR Prezidentining ta’limga oid Farmonlari va qarorlari, XTVning buyruqlari  (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni,  2017  yil  26  sentyabrdagi “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning  malakasini  oshirish  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ,2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” hamda “Faol tadbirkorlik, innovasion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash” Davlat dasturida belgilangan vazifalar, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli, 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli qarorlari, XTVning  2017 yil 10 avgustdagi   “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish va ilmiy-metodik xizmatni takomillashtirish to’g’risida”gi” 258-sonli buyrug’i) kiritilib, ularning mazmun-mohiyati va amaliyotda joriy etilishi bilan bog’liq ishlar tanishtirilib borilishi maqsad qilib olindi.

Shuningdek, modullar kesimida quyidagi  mavzu va masalalar dasturga kiritildi:

  • O’quvchi bilimini baholashning tashkiliy jihatlari, o’zaro baholash, o’z-o’zini baholash kabi baholashning innovasion usullari bo’yicha ma’lumotlar;
  • iqtidorli o’quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash;
  • amaliy mashg’ulotlarda o’quv-ijodiy topshiriqlar va ko’rgazmalar tayyorlashda ta’lim oluvchi tabiiy imkoniyati, qiziqishini inobatga olish, ularning ma’naviyati, intellektual salohiyati yuksalishiga samarali ta’sir ko’rsata olish Intellekt ko’pligi nazariyasi (G.Gardner)ga tayanish;
  • sinfdan tashqari tashkil etiladigan o’quv loyihalari texnologiyalari, tadqiqotchilik texnologiyalarining nazariy-ilmiy, amaliy ahamiyati;
  • viloyatda faoliyat yuritayotgan tayanch “Mahorat maktablari”  hamda ilg’or tajribali o’qituvchilarning ish uslublari bilan tanishish”;
  • o’zbek, rus , ingliz tillarini o’qitishda differensial yondashuv;
  • o’quvchilarning intellektual-nutqiy madaniyatini shakllantirish;
  • maktabda uslubiy birlashma faoliyatini to’g’ri tashkil etish kabi masalalar.

Masofadan o’qitish usullari asosida xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish  kurslari uchun  kafedra o’qituvchisi R.Toshniyozova tomonidan “Ona tili va adabiyot o’qituvchilari malaka oshirish kursi masofaviy ta’limi o’quv dasturi” loyihasi ishlab chiqildi.  Mazkur loyiha o’z tasdig’ini topishi bilan 2019-2020 o’quv yilida amaliyotga joriy etilishi hamda mashg’ulotlarning onlayn va offlayn shakllarida tashkil etilishi ko’zda tutilgan.

Kafedrada 8 ta malaka oshirish toifalari  yo’nalishi bo’yicha modullar yuzasidan adabiyotlar obzori banki tuzilgan. Ilmiy-metodik  tavsiyalar,  ko’rsatma va qo’llanmalar, elektron adabiyotlar resurslar bazasi tayanch kompyuter xotirasiga kiritilgan. Tinglovchilar ushbu bazadan istalgan vaqtda foydalanish imkoniyatiga ega. Kafedrada mavjud kutubxona bazasidan tinglovchilar muntazam ravishda foydalanib kelishmoqda. Kafedrada ilmiy-pedagogik ijodkorlik metodologiyasi hamda pedagogika fani va sohasini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari bo’yicha tinglovchilarga bilimlar singdirilib borilmoqda.

 Shu bilan birga, S.Yuldoshevaning tashabbusi bilan viloyat bo’yicha umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan davlat (o’zbek) tili va ona tili fani o’qituvchilari uchun mutaxassislik yo’nalishidagi yangiliklardan voqif bo’lish maqsadida umumiy telegramm darchasi ochilgan. Kafedraning pedagog xodimlari tinglovchilarga o’z pedagogik faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishni, o’zining shaxsiy va kasbiy axborot maydonini yaratishga oid ko’nikmalarini shakllantirishga uslubiy ko’mak bermoqda;

Shuningdek, kafedrada o’quv-tarbiya jarayonining amaliyot bilan hamkorligini  ta’minlash, sayyor mashg’ulotlarni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan ta’lim muassasalarida tashkil etish maqsadida:

  • pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini takomillashtirish bo’yicha tinglovchilar bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot hamda o’quv-metodik ishlar olib borilmoqda (hamkorlikda maqolalar, uslubiy ko’rsatma va tavsiyalar);
  • o’quv-tarbiya jarayonining amaliyot bilan hamkorlikda olib borilishi maqsadida ko’chma amaliy mashg’ulotlar  tashkil etilgan.  Jumladan, ona tili va rus tili o’qituvchilari Samarqand shahridagi 14-tayanch umumta’lim maktabida, ingliz tili o’qituvchilari Samarqand shahridagi 37-IDUMida, fransuz tili o’qituvchilari Samarqand shahridagi 43 tayanch umumta’lim maktabida, nemis tili o’qituvchilari Samarqand shahridagi 51-tayanch umumta’lim maktabida, tojik tili o’qituvchilari Samarqand shahridagi 62-tayanch umumta’lim maktabida, davlat tili o’qituvchilari Samarqand shahridagi 33-tayanch umumta’lim maktabida amaliyot davrini o’tashadi.

Oliy ta’lim muassasalari kafedralarining umumiy o’rta ta’lim muassasalari bilan o’zaro integrasiyasini ta’minlash hamda pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish va modernizasiya qilish maqsadida SamDU, SamDChTI kafedralari professor o’qituvchilari bilan hamkorlikdagi faoliyat tashkil etilgan.

Shu bilan birga, kafedra quyidagi tashkilot va muassasalar bilan hamkorlik shartnomasini tuzgan va faoliyatni tashkil etgan: A.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat AKM, TATU Samarqand filiali, AndDU huzuridagi XTXQTUMOHM kabilar.

 

Kafedrada innovasion ilmiy yutuqlarni, masofadan o’qitishni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini ta’lim tizimiga joriy etilish holati.

Kafedrada fan yo’nalishlari bo’yicha o’quv jarayoniga bugungi ta’lim tizimidagi innovasion ilmiy yutuqlardan singdirilib borilmoqda. Jumladan, xalq og’zaki ijodi, adabiyotshunoslik, adabiyot tarixi,  umumiy tilshunoslik, tilshunoslik nazariyasi sohalaridagi ilmiy tadqiqot yangiliklaridan, OAVda chop etilayotgan ilmiy-uslubiy maqola va tezislari manbalaridan unumli foydalanilmoqda.  Kafedrada ilmiy faoliyat bilan shug’ullanayotgan professor-o’qituvchilar (D.O’rinboyeva, S.Yuldosheva, H.Berdiyev, L.Mirzohidova, R.Toshniyozova, A.Xo’jamqulov kabilar)ning ilmiy tadqiqotlari materiallari ham o’quv jarayoniga tatbiq etib kelinmoqda.

KAFEDRA PROFESSOR-O`QITUVCHILARI HAQIDA MA’LUMOT

Yuldosheva Saodat Azizovna

1975 yil 19 oktabr kuni Samarqand viloyati Pastdarg'om tumanida tug’ilgan. 1997 yil Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetini tugatgan.

2019 yil 1 apreldan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Tillarni o'qitish metodikasi” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Toshniyozova Ra'no Toxirovna

1977 yil 3 fevral kuni Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumanida tug’ilgan. 1999 yil Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetini tugatgan.

2018 yil 1 yanvardan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Tillarni o'qitish metodikasi” o'qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Yakubjanova Muxayyo Qodirjonovna

1970 yil 20 oktabr kuni Samarqand shahrida tug’ilgan. 1994 yil Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetini tugatgan.

2018 yil 1 yanvardan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Tillarni o'qitish metodikasi” o'qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Raimkulova Irina Alikulovna

1971 yil 1 yanvar kuni Samarqand viloyati Payariq tumanida tug’ilgan. 1993 yil Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetini tugatgan.

2018 yil 1 yanvardan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Tillarni o'qitish metodikasi” o'qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Marupov Faris Fatoyevich

1987 yil 22 iyun kuni Samarqand viloyati Samarqand tumanida tug’ilgan. 2010 yil Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan.

2018 yil 1 yanvardan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Tillarni o'qitish metodikasi” o'qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Mirzoxidova Laylo Baxtiyorovna

1983 yil 3 aprel kuni Samarqand viloyati Samarqand tumanida tug’ilgan. 2010 yil Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetini tugatgan.

2018 yil 1 yanvardan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Tillarni o'qitish metodikasi” o'qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Normaxmatova Feruza Ruziboyevna

1988 yil 7 iyul kuni  Samarqand shahrida tug’ilgan. 2009 yil Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan.

2018 yil 1 yanvardan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Tillarni o'qitish metodikasi” o'qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Pardayeva Aziza Raxmatulloyevna

1985 yil 11 iyun kuni  Samarqand shahrida tug’ilgan. 2009 yil Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan.

2018 yil 1 yanvardan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Tillarni o'qitish metodikasi” o'qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Rustamova Zuxro Turayevna

1982 yil 12 mart kuni  Samarqand shahrida tug’ilgan. 2005 yil Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan.

2018 yil 1 yanvardan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Tillarni o'qitish metodikasi” o'qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Abdullayev Farrux Erkinovich

1987 yil 19 oktabr kuni  Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tug’ilgan. 2014 yil Samarqand davlat universitetini tugatgan.

2019 yil 3 apreldan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Tillarni o'qitish metodikasi” kafedrasi kabinet mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

 

O’quv jarayonining tashkil etilishi. Kafedraning tillarni o’qitish metodikasi bo’yicha  2015-2017 yilning iyun oyiga qadar 171 ta guruhda  4275 nafar o’qituvchi, ya’ni:

2015 yilda 61ta guruh (1525 nafar),   2016  yilda 68 ta guruh (1700 nafar), 2017 yilda 71ta guruhdan yanvar-iyun oylari 42 ta (1050 nafar) guruhlar o’qitildi.

Fanlar kesimida: Ona tili va adabiyot o’qituvchilari 1925 nafar; Xorijiy (ingliz) tili o’qituvchilari 750 nafar; Rus tili (o’zbek va qardosh tillardagi sinflarda) o’qituvchilari 1300 nafar; rus (rus sinflarda) tili va adabiyoti o’qituvchilari 75 nafar, tojik tili o’qituvchilari 75 nafarga, davlat (o’zbek)tili o’qituvchilari 50nafarga,  xorijiy (nemis) tili o’qituvchilari 50 nafar, xorijiy (fransuz) tili o’qituvchilari 50 nafarga bajarildi.

Shuningdek, ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti umumta’lim maktab direktor o’rinbosarlari malaka oshirish kurslari uchun 20 soatdan mutaxassislik fanlari metodikasi va nazariyasidan mashg’ulotlar o’tkazildi.

O’quv jarayonini tashkil etishda 82 soatlik ixtisoslik fanlarini o’qitish nazariyasi va metodikasidan ishchi reja dasturlar tuzildi. Fanni  o’qitishning nazariyasi va metodikasiga 38 soat, fanni o’qitishda pedagogik texnologiyalar 18 soat, axborot texnologiyalar 12 soat, tanlov mavzularga 6 soat, chet tili asoslari 8 soat  miqdorida darslar tashkil etilmoqda. Shuningdek, har bir guruhlarga o’n oy mobaynida 336 soat ko’chma amaliy mashg’ulot, 112 soat kirish test tahlili,  1400 soat malakaviy bitiruv ishiga rahbarlik, 168 soat malaka ishini qabul qilish o’tkazildi.

O’quv soatlarining bajarilishi. Kafedraning til va adabiyot ta’limi bo’yicha  2015-2017 yilning iyun oyiga qadar 171 ta guruhda mutaxassislik fanlari bo’yicha jami 14022 soat bajarildi:

2015 yilda  61 ta guruhda 5002 o’quv soati bajarildi.

2016 yilda 68 ta guruhda 5576 o’quv soati bajarildi.

2017 yilning yanvar-iyun oylarida 42 ta guruhda 3444 o’quv soati bajarildi. Shundan guruhlar soniga muvofiq jami 3762 soat ma’ruza, 9234 soat amaliy mashg’ulot, 1026 soat  ko’chma amaliy mashg’ulot o’tkazildi.

Shuningdek, 342 konsultasiya (kirish testi tahlili), 4275 soat malaka ishiga rahbarlik, 513 soat malaka ishi himoyasini qabul qilish, 37 soat ochiq ma’ruzalar bo’yicha 5167 soat o’tkazilgan, kafedra bo’yicha jami 19189   soat o’quv yuklamasi bajarilgan.

II. Ilmiy-metodik ishlar

Kafedradagi barcha yo’nalishlar uchun Davlat talablari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi 25-sonli “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “PKQT va MOIga qo’yiladigan davlat talablari”ga mos holda tuzilgan.

Kafedraga biriktirilgan toifalar va yo’nalishlarning takomillashtirilgan davlat talablari va tayanch o’quv rejalari O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2012 yil 25 iyuldagi 227-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Davlat talablari, MT 99 - Ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari, MT 101 - Rus tili va adabiyoti fani o’qituvchilari, MT 103-Tojik tili va adabiyoti o’qituvchilari, MT 106 - Xorijiy (ingliz tili) tillar o’qituvchilari, MT 106 - Xorijiy (nemis tili) tillar o’qituvchilari, MT 106 - Xorijiy (fransuz tili) tillar o’qituvchilari, MT 107 - Rus tili (o’zbek va qardosh tillardagi sinflarda) fani o’qituvchilari, MT 108 - Davlat (o’zbek) tili fani o’qituvchilari malaka oshirish kurslari bo’yicha mutaxassislik modullari (Fanning nazariyasi va o’qitish metodikasi, Fanni o’qitishda pedagogik texnologiyalar, Fanni o’qitishda AKT, Tanlov mavzular) bo’yicha malaka oshirish kursi tinglovchilariga qo’yiladigan davlat talablari asosida yaratilgan.

Malakaviy bitiruv ishi mavzulari har oyda takomillashtirilib borildi. Malakaviy bitiruv ishi mavzulari kafedra va ilmiy kengash yig’ilishlarida muhokama etilib, tasdiqlab  olindi. Bundan tashqari, ona tili va adabiyoti bo’yicha hozirgi kundagi malaka mavzulari banki  890 taga, rus tili va adabiyoti (milliy va qardosh tillari) bo’yicha 500 ta, rus tili va adabiyoti (rus tillari) bo’yicha 200 ta, davlat tili 200 ta, tojik tili va adabiyoti 150 ta, nemis tili 150 ta, fransuz tili 150 ta, ingliz tili 250 taga yetkazildi. Malaka ishlarning himoyasi o’quv bo’limi buyrug’iga asosan kafedra xodimlari ishtirokida amalga oshirildi. Har bir guruh malaka ishi himoyasining bayonnomasi va taqrizlari tayyorlangan. Malaka ishlarining mavzularini tarqatishda ularning doimiy ravishdagi ishlab yurgan mustaqil ishlari yo’nalishlarida, ilg’or tajribalari asosida yozgan ishlari ham inobatga olingan.

Kafedrada 2015 yil yanvar  oyidan malakaviy bitiruv ishi shaklida himoyalar tashkil etilgan. Kafedra professor-o’qituvchilari 2015 yilda 2 ta uslubiy qo’llanma va 56 ta uslubiy ko’rsatma, 2016 yilda  1ta o’quv qo’llanma, 2 ta risola, 1ta elektron qo’llanma, 1 ta uslubiy qo’llanma, 1 ta monografiya, 46 ta uslubiy ko’rsatma, 2017 yilning yanvar-iyun oyida 2 ta uslubiy qo’llanma va 29 ta uslubiy ko’rsatma tayyorlab, jami 140 nomdagi nashr ishlarini chop ettirdilar.

Kafedrada o’qitiladigan 8 ta fan yo’nalishlari bo’yicha 2015-2017 yillarda jami 24 nomdagi takomillashtirilgan o’quv-metodik majmualar tayyorlangan.

Mazkur o’quv-metodik majmualar ta’lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan yangi islohotlar kabi yangi ma’lumotlar bilan boyitilib, yangilangan. 2017 yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan o’quv-uslubiy majmualarni yaratishda, davlat dasturida amalga oshirilishi bo’yicha ma’lumotlar kiritilgan.

Professor-o’qituvchilarining konferensiyalarni tashkil etilishidagi ishtiroki

Institutda til va adabiyot ta’limi kafedrasi tashabussi bilan bir necha Respublika konferensiyalari tashkil etilgan. Jumladan,

  1. Muhammad Yusuf ijodining barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyati va o’qitish metodikasi. Respublika ilmiy-amaliy anjumani. – Samarqand, 2014 yil, 6 iyun.
  2. O’quvchi shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim: dastlabki natijalar, muammolar va istiqboldagi rejalar. Respublika Ilmiy-amaliy konferensiya, 2015 yil 29 aprel.

 

Professor-o’qituvchilarining DT larini yaratish  hamda amaliyotga DTSlari, o’quv reja-dasturlarini tatbiq etish bo’yicha amalga oshirgan ishlari

Kafedra dosentlari D.O’rinbayeva va S.Yuldasheva tomonidan o’zbek tili va adabiyotini o’qitish huquqini berish bo’yicha kasbiy qayta tayyorlash kursining o’quv fanlari dasturi hamda  Xalq ta’limi rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish kurslari o’quv rejalarining “Mutaxassislik fanlari” bloki tarkibiga kiruvchi modullar bo’yicha namunaviy o’quv-mavzu  rejalari va dasturlari (Toshkent, 2015) ishlab chiqildi. Mazkur o’quv dasturlari A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI Ilmiy kengashining 2015 yil 31 avgustdagi 5-sonli qarori bilan ma’qullangan.

2017 yil yilning 20 may kuni Toshkent shahrida A.Avloniy nomidagi XTXQTUMOMIda XTVning 2017 yil 13 maydagi 158-sonli buyrug’i ijrosi yuzasidan “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’limining mazmuni, sifatiga qo’yiladigan Davlat talablarini takomillashtirish” mavzusida o’quv-seminaritashkil etilib, kafedradan S.Yuldosheva davlat tili  fani yo’nalishida, M.Isayeva tojik tili yo’nalishida ishtirok etdilar. Barcha viloyatlar MOIlariga  belgilangan yo’nalishlar bo’yicha Davlat talablarini takomillashtirish vazifasi qo’yildi. Jumladan, Samarqand VXTXQTUMOIga davlat tili, tojik tili va mehnat ta’limi o’qituvchilari MO yo’nalishlari bo’yicha Davlat talablarini takomillashtirish masalasi qo’yildi. 5  iyunga qadar:

  1. Yuldosheva S. MT-108. Davlat (o’zbek) tili fani bo’yicha malaka oshirish kursi tinglovchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablarni, o’quv reja-dasturini ishlab chiqdi.
  2. Isayeva M. MT-103. Tojik tili va adabiyoti fani bo’yicha malaka oshirish kursi tinglovchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablarni, o’quv reja-dasturini ishlab chiqdi.

Shuningdek, kafedra o’qituvchilaridan dos. D.O’rinbayeva, M.Yakubjanova, A.Xo’jamqulovlar  Toshkent shahar A.Avloniy nomidagi XTXQTUMOMIda 2017 yil 29-30 may kunlari “Davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari hamda umumiy o’rta ta’limning nizomida belgilangan vazifalarni amaliyotga joriy etish” mavzusidagi trenerlar tayyorlash bo’yicha 18 soatlik maqsadli kursida ishtirok etdilar. So’ng Samarqand  viloyatida ona tili, o’zbek (davlat) tili,  rus tili yo’nalishlari bo’yicha uslubchilar, tajribali o’qituvchilarga  2017 yil 5-6-iyun kunlari “Umumiy o’rta ta’lim va o’rta maxsus, kasb hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo’yicha malaka talablarining mazmuni, o’rganish bosqichlari, tuzilishi va tayanch kompetensiyalar”,  “Kompetensiyaga yo’naltirilgan ta’limni joriy etishda ta’lim texnologiyalari” mavzularida ma’ruza-treninglarni tashkil etdilar.

Tajriba-sinov faoliyati.

Samarqand viloyatida 2013-2016 o’quv yilida Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo’yicha o’quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo’naltirilgan Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlari tajriba-sinovini samarali  tashkil etish maqsadida  Samarqand shahridagi 5-, 14-, 21-, 24-, 48-umumiy o’rta maktablari tajriba-sinov  maydonlari etib  belgilandi. Tajriba-sinov jarayonini  ilmiy-metodik jihatdan  kuzatish, eksperimentator-o’qituvchilarga amaliy yordam berish, natijalarni tahlil  qilish va umumlashtirish bo’yicha Sam VPXTXQTMOIdan  24 nafar professor-o’qituvchilardan iborat ilmiy rahbarlar tarkibi tayinlandi.

14- umumta’lim maktabida:

  1. 5-6-sinflarda  6 ta  (ona tili, adabiyot, matematika, geografiya, vatan tuyg’usi, musiqa) fan kesimida ta’lim beruvchi 6 ta eksperimentator o’qituvchiga  ilmiy rahbarlar   - VPXTXQTMOI o’qituvchilari D.O’rinbayeva, L.Mirzohidova;
  2. 7-8-9- sinflarda 7 ta fan (ona tili, adabiyot) kesimida ta’lim beruvchi eksperimentator o’qituvchilariga  ilmiy rahbarlar   - VPXTXQTMOI o’qituvchilari D.O’rinbayeva, L.Mirzohidova;

17- umumta’lim maktabida:

  1. Boshlang’ich ta’lim (1-4 sinflar)da  6ta fan (rus tili, chteniye, o’zbek tili) kesimida ta’lim beruvchi 13 ta eksperimentator o’qituvchiga  ilmiy rahbar   - Sam VPXTXQTMOI  o’qituvchilari M.Yakubjanova, S.Yuldosheva;
  2. 5-6-sinflarda  6 ta  fan (rus tili, literatura,  o’zbek tili) kesimida ta’lim beruvchi 6 ta eksperimentator o’qituvchiga  ilmiy rahbarlar   - Sam VPXTXQTMOI  o’qituvchilari I.Raimkulova.
  3. 7-8-9- sinflarda 7 ta fan (rus tili, literatura, o’zbek tili) kesimida ta’lim beruvchi eksperimentator o’qituvchilariga  ilmiy rahbarlar   - Sam VPXTXQTMOI  o’qituvchilari I.Raimkulova, S.Yuldoshevalar tayinlandilar

21- umumta’lim maktabida:

  1. 5-6 -sinflarda  6 ta  fan (ona tili va adabiyot, rus  tili) kesimida ta’lim beruvchi 6 ta eksperimentator o’qituvchiga  ilmiy rahbarlar   - Sam VPXTXQTMOI  o’qituvchilari  D.O’rinbayeva, L.Mirzohidova;

24- umumta’lim maktabida:

  1. 5-6 -sinflarda  6 ta  fan (ona tili, adabiyot) kesimida ta’lim beruvchi eksperimentator o’qituvchiga  ilmiy rahbarlar   - Sam VPXTXQTMOI  o’qituvchilari  D.O’rinbayeva, L.Mirzoxidova;
  2. 7-8-9- sinflarda 6 ta fan  (ona tili, adabiyot) kesimida ta’lim beruvchi eksperimentator o’qituvchilariga  ilmiy rahbarlar   - Sam VPXTXQTMOI  o’qituvchilari D.O’rinbayeva, L.Mirzoxidovalar tayinlandilar.

LOYIXADA ISHTIROKI

Kafedra o'qituvchilar DO’rinbayeva, S.Yuldasheva, X.Xakimovlar 2015-2016 o’quv yillarida YuNISEF tashkiloti bilan hamkorlikdagi “Samarqand viloyati chekka tumanlarida joylashgan kam komplektli maktablar pedagog kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida masofaviy o’qitish jarayoni orqali innovasion modelni yaratish” mavzusida loyixada ishtirok etdilar.

Loyiha doirasida 2015-2016 yillarda Qo’shrabot tumanidagi 4, 8, 28, 29, 39, 46, 54, 58, 63, 84 –maktablarning 30 nafar o’qituvchilari uchun “Kamkomplektli maktablarda bola shaxsini  rivojlantirishga  yo’naltirilgan ta’lim metodikasi”, “Kam komplektli maktablarda ta’lim sifat va samaradorligini oshirish omillari” kabi mavzularda seminar-trening o’tkazdilar.

 

Mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy–tadqiqot ish olib borayotgan o’qituvchilar:

  1. O’rinbayeva Dilbar Bazarovna, filologiya fanlari nomzodi, dosent 10.00.01 - O’zbek tili ixtisosligi bo’yicha “O’zbek xalq og’zaki ijodi asarlari tilining lingvostatistikasi” mavzusidagi  (ilmiy maslahatchi: f.f.d., prof. E.Begmatov) ilmiy tadqiqoti. O’zbek tili ixtisosligi bo’yicha filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun quyidagi malakaviy imtihonlarni  topshirdi:

2015 yil 26 noyabrda “Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurilishining iqtisodiy- siyosiy, ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari” (71 ball), 2017 yil 10 fevral kuni “Chet tili “(69 ball), 16 fevral kuni  “O’zbekistonning eng yangi tarixi” (76 ball).

  1. Toshniyozova Ra’no Toxirovna, 10.00.10 - Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik ixtisosligi bo’yicha “Botiniy ma’nolar ontologiyasi va ularning Alisher Navoiy asarlarida in’ikosi” (ilmiy maslahatchi: f.f.d., prof. Sh.Sirojiddinov) ilmiy tadqiqoti.
  2. Mirzohidova Laylo Baxtiyorovna,  10.00.01-O’zbek adabiyoti ixtisosligi bo’yicha “Turkiy adabiyotda majoziy tasvirlarning shakllanishi va evolyusiyasi” (ilmiy maslahatchi: f.f.d., prof. D.Salohiy) ilmiy tadqiqoti.
  3. Yuldosheva Saodat Azizovna, filologiya fanlari nomzodi, 13.00.01 - pedagogika fakulteti pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment ixtisosligi bo’yicha “Navoiyning pedagogik qarashlari” mavzusida (ilmiy rahbar: f.f.d., prof. H.Homidiy) ilmiy tadqiqot ishi.

Dosentlik unvoni uchun 2016 yil 12-14 dekabrda filogogiya fanlari nomzodi S.Yuldosheva Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetida “Mustaqillik mafkurasi hamda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari” fani  bo’yicha malakaviy imtihon topshirdi.

     Institut professor-o’qituvchilari oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik faoliyatida ishtirok etib quyidagi ishlarni amalga oshirdilar:

1. Til va adabiyot ta’limi kafedrasi mudiri O’rinbayeva Dilbar Bazarovna - Samarqand qishloq xo’jalik instituti bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha rus guruhlarida «O’zbek tili» fani bo’yicha davlat imtixonida  (institutning 2016 yil 8 apreldagi 189-sonli buyrug’iga asosan  ) YaDAK raisi sifatida qatnashdi.

2015-2017 o’quv yillarida  ilmiy tadqiqot ishlari:

Kafedra o’qituvchilarning shaxsiy rejasidagi va rejadan tashqari maqolalar (147 ta) chop etilishi quyidagicha:

D.O’rinbayeva – 2015-2017 yillarda 18 ta,

S.Yuldasheva - 2015-2017 yillarda 16 ta,

M.Yakubjanova - 2015-2017 yillarda   14 ta,

I.Raimkulova -2015-2017 yillarda   13 ta,

I.Yumagulova - 2015-2016 yillarda 6 ta

R.Toshniyozova - 2015-2017 yillarda   6 ta,

L.Mirzoxidova - 2015-2017 yillarda 12 ta,

A.Xujamkulov - 2015-2017 yillarda  8 ta,

J.Eshquvatov -2015-2017 yillarda  5 ta,

D.Gumirova - 2015-2017 yillarda  12 ta,

F.Normaxmatova – 2015-2017 yillarda 4 ta,

 B.Xudjayorova -2015-2017 yillarda 4 ta,

Ya.Raximova -2015-2017 yillarda  4 ta,

N.Davronova - 2015-2016 yillarda 7 ta,

N.Ruziyeva – 2015-2015-2017 yillarda 4 ta.

X.Xakimov – 2015-2017 yillarda 6 ta,

F.Ma’rupov - 2015-2017 yillarda 8 ta.

“Sputnik znaniy - 2016” (“Materialы V mejdunarodnoy konferensii pedagogov - 2016”) mavzusidagi  V Xalqaro pedagogik konferensiyada (2015 yil 20 dekabr, Moskva shahri)  Til va adabiyot ta’limi kafedrasi mudiri, dosent D.O’rinbayeva “Konseptualnoye izucheniye slova «Nezavisimost»” nomli maqolasi uchun laureat diplomi bilan, katta o’qituvchi M.Yakubjanova “Ispolzovaniye krayevedcheskogo materiala na urokax russkogo yazыka  v nasionalnoy shkole” nomli maqolasi uchun 3-darajali laureat diplomi bilan taqdirlandilar. 

D.O’rinbayevaning 2017 yil 10 martda bo’lib o’tgan  II Mejdunarodnыy nauchno-prakticheskiy konkurs «Uchitel goda-2017» (g.Penza, RF)da  «Aktualnыye voprosы pedagogicheskix nauk» seksiyasida “Sovremennыy urok i yazыkovaya laboratoriya” maqolasi uchun, D.Gumirova “Osobennosti interferensii russkogo yazыka pri izuchenii angliyskogo yazыka” maqolasi diplom bilan taqdirlandi.

IV. Tashkiliy-metodik ishlar

Kafedrada 2015 yilda rejasiga ko’ra yil davomida 11 ta yig’ilish o’tkazildi. Reja bo’yicha tashkil etilgan 11 ta yig’ilishda 38 ta nomdagi masala muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi, amalga joriy qilish uchun zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Kafedrada 2016 yilda rejasiga ko’ra 11  ta yig’ilish o’tkazildi. Reja bo’yicha tashkil etilgan 11 ta yig’ilishda 35 ta nomdagi masala muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi, amalga joriy qilish uchun zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Kafedrada 2017 yilning rejasiga ko’ra yanvar-iyun oylarida 6 ta yig’ilish o’tkazildi. Reja bo’yicha tashkil etilgan 6 ta yig’ilishda 13 ta nomdagi masala muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi, amalga joriy qilish uchun zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Kafedra har bir professor-o’qituvchi tomonidan tinglovchilarning malaka oshirishdan keyingi faoliyatini o’rganish bo’yicha 2015-2017-yillarda    jami 64 ta  maktabda (2015 yilda 18 maktabda,  2016 yilda 22 maktabda,  2017 yil 24 ta maktabda) o’rganilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PQ-1875-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 noyabrdagi "Umumta’lim maktablarida chet tillarini o’qitish tizimini takomillashtirish ishlarini tashkil etish holatini tanqidiy o’rganish respublika komissiyasi"ning 6-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash natijasida umumta’lim muassasalari chet tillari o’qituvchilari malakasini oshirishning yangi samarali mexanizmi joriy etilgan. 2015-2017 yillarda viloyatimizning tuman va shaharlarida 70 ta tayanch maktablar negizida umumta’lim muassasalari chet tillari o’qituvchilarining kasbiy mahoratini maxsus tayyorgarlikdan o’tgan trener-o’qituvchilar yordamida doimiy oshirib borish bo’yicha har haftalik kurslar tashkil etilgan bo’lib, unda kafedraning o’qituvchilari D.Gumirova, F.Marupov, N.Davronova, X.Xakimov, Ya.Raximovalar dars o’tishdi.

“Chet tili o’qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish bo’yicha har haftalik kurslarni o’tkazish tartibi to’g’risida"gi Nizomga muvofiq tayanch   maktablar   negizida   o’tkaziladigan   har haftalik   kurslarning o’quv rejasi va dasturi, trener-o’qituvchilarni tayyorlash bo’yicha I-bosqich maqsadli kursining o’quv dasturi, tuman(shahar)lardagi tayanch maktablari va ularda dars mashg’ulotlarini olib boradigan trener-o’qituvchilar ro’yxati, trener-o’qituvchilarni tayyorlash bo’yicha maqsadli kurslarni tashkil etish jadvali, kurslardagi dars mashg’ulotlari va ulardagi tinglovchilar davomatini qayd etiladigan guruh jurnali hamda kurslarni muvafaqqiyatli tamomlagan trener va o’qituvchilarga beriladigan hujjatlar namunalari tasdiqlangan. Samarqand viloyat umumta’lim muassasalari chet tili o’qituvchilarining kasbiy va pedagogik mahoratini takomillashtirish uchun xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish an’anaviy 144 soatlik kurslari bo’yicha oylik va haftalik reja, dasturlari ishlab  chiqildi. Bundan tashqari, kafedra o’qituvchilari har hafta haftalik kurslardagi mashg’ulotlarni o’rganish uchun tayanch maktabiga borish, hamda mazkur tayanch maktablarini o’qitishning zamonaviy texnik vositalari bilan jihozlashnish darajasi o’rganilgan.

2015-2017 o’quv yillari davomida ingliz tilini o’qitishning innovasion usullariga oid OAK tasarrufidagi jurnal va ilmiy to’plamlarda jami 6 ta maqola, xalqaro konferensiyalarda 8 ta maqola, respublika miqyosida 16 ta maqola bilan chiqish qilganlar.

Institut xorijiy til fani o’qituvchilari uch yil davomida umumta’lim maktablari o’qituvchilari uchun 44 nomdagi uslubiy ko’rsatmalarni ishlab chiqib, metodik yordam sifatida taqdim etganlar.

2015-2017 yillarda viloyat va tuman miqyosida  jami 9 ta ilmiy-uslubiy seminar va treninglar o’tkazganlar.

Kafedra professor-o’qituvchilar shaxsiy ish rejasiga muvofiq o’zaro darslarni kuzatish va tahlil qilish rejalashtirilgan. Ushbu yuklama har oyda tashkil etilayotgan guruhlar dars jadvallari asosida o’zaro darslarga kirish jadvali oy boshida tuzilib, har bir o’qituvchilar oyda 2 marta o’zaro darslarni kuzatgan va tahlil qilgan.

V. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil etilishi quyidagicha olib borilgan:

2015 yilda:

  1. Kafedra guruh mas’ullari tomonidan institut ichki tartib-qoidalari haqida har oy kurs tinglovchilari bilan  suhbat uyushtirilgan.
  2. Internet, OAV xabarlari asosida guruh tinglovchilari o’rtasida har juma kuni 1-juftlikda “Axborot  soatlari” o’tkazib borildi.
  3. Tinglovchilarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida H.Olimjon nomidagi viloyat teatrida namoyish etiladigan spektakl tomoshalariga olib borilgan, shuningdek, shaharning diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar  tashkil etilgan va hujjatlashtirilgan.
  4. Jami 38 nomdagi tadbirlar uyushtirildi.

2016 yilda:

  1. Kafedra guruh mas’ullari tomonidan institut ichki tartib-qoidalari haqida har oy kurs tinglovchilari bilan  suhbat uyushtirilgan.
  2. Internet, OAV xabarlari asosida guruh tinglovchilari o’rtasida har juma kuni 1-juftlikda “Axborot  soatlari” o’tkazib borildi.
  3. Tinglovchilarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida H.Olimjon nomidagi viloyat teatrida namoyish etiladigan spektakl tomoshalariga olib borilgan, shuningdek, shaharning diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar  tashkil etilgan va hujjatlashtirilgan.
  4. Jami 32 nomdagi tadbirlar uyushtirildi.

2017 yilning yanvar-iyun oylarida:

  1. Kafedra guruh mas’ullari tomonidan institut ichki tartib-qoidalari haqida har oy kurs tinglovchilari bilan  suhbat uyushtirilgan.
  2. Internet, OAV xabarlari asosida guruh tinglovchilari o’rtasida har juma kuni 1-juftlikda “Axborot  soatlari” o’tkazib borildi.
  3. Tinglovchilarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida H.Olimjon nomidagi viloyat teatrida namoyish etiladigan spektakl tomoshalariga olib borilgan, shuningdek, shaharning diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar  tashkil etilgan va hujjatlashtirilgan.
  4. Jami 20 nomdagi tadbirlar uyushtirildi.
 
 


Tadbirlar