Bosh sahifa Yangiliklar → Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi ona tili va adabiyot o‘qituvchilari 3-guruh tinglovchilari ko‘chma amaliyotda

Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi ona tili va adabiyot o‘qituvchilari 3-guruh tinglovchilari ko‘chma amaliyotda

Ona tili va adabiyot o‘qituvchilari 3-guruh tinglovchilari 2019 yil 6-sentyabr kuni Samarqand shahar “Matbuot uyi”ga ko‘chma amaliy mashg‘ulotni o‘tashga bordilar.

“Zarafshon” gazetasi bosh muharriri Farmon Toshev guruh tinglovchilariga bugungi kunda kitobxonlik madaniyati, kasbga oid va gazeta va jurnallar, publitsistik maqolalar bilan tanishib borish muammolari yuzasidan muhokamasi o‘tkazildi. Muhokama jarayonida o‘qitivchi madaniyati, yosh avlodni tarbiyalashda gazeta va jurnallardan foydalanish, yoshlarni gazeta va jurnallar bilan tanishib borishga yo‘naltirish,  o‘qituvchi mahorati, o‘quvchilarning zamon bilan hamnafas holda faolligini rivojlantirish yuzasidan fikr almashindi. Adabiyot o‘qituvchisining barkamol avlod tarbiyasidagi o‘rni, bugungi kun dolzarb muammolari,   sohaga oid chop etilayotgan gazeta va jurnallar va ularning ta‘limdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Ko‘chma amaliyot jarayonida tinglovchilar “Zarafshon” gazetasi uy muzeyini tomosha qilishdi. 



Tadbirlar