Bosh sahifa Markaz → O'quv jarayonini tashkil etish bo'limi

O'quv jarayonini tashkil etish bo'limi

Bo'lim boshlig'i: Xo`jamqulov Anvar Jozilovich

Telefon: 0366-221-08-54 (91) 543 26 06

Xo'jamqulov Anvar Jozilovich

1989 yil 12 avgust kuni Samarqand viloyati Payariq tumanida tug’ilgan. 2011 yil Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetini tugatgan.

2019 yil 1 apreldan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "O’quv jarayonini tashkil etish" bo'limi boshlig`i

 

Bustonkulova Jamila

1957 yil 31 may kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tug’ilgan. 1986 yil Samarqand davlat universitetini tugatgan. 

2018 yil 1 yanvardan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "O’quv jarayonini tashkil etish" bo'limi metodisti

 

Suyarov Qaxramon Usanovich

1984 yil 26 yanvar kuni Jizzax viloyati Baxmal tumanida tug’ilgan. 2007 yil Samarqand davlat universitetini tugatgan. 

2018 yil 1 yanvardan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "O’quv jarayonini tashkil etish" bo'limi metodisti

 

Xudoyqulov Eldor Uktamjonovich

1989 yil 19 aprel kuni Samarqand viloyati Payariq tumanida tug’ilgan. 2015 yil Samarqand davlat universitetini tugatgan. 

2018 yil 27 dekabrdan h.v. Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi "O’quv jarayonini tashkil etish" bo'limi dispecheri

 

 

O’quv jarayonini tashkil etish bo’limining vazifalari qo’yidagilardan iborat:

davlat ta’lim standartlari va malaka talablari asosida o’quv ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

Hududiy markazda tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o’quv mashg’ulotlari jadvalini tuzish, malaka oshirish kurslari tinglovchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, o’quv jarayonini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga mos ravishda o’tishini va dars soatlarining bajarilishini nazorat qilish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari guruh jurnallarining yuritilishini va to’g’ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish, ularni yuritishda kurs rahbarlariga metodik yordam berish;

malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish va kurslarni tugatganligi haqidagi buyruqlar loyihasini tayyorlash;

tinglovchilarga beriladigan ma’lumotnoma, sertifikat (diplom)larni rasmiylashtirish;

Hududiy markaz professor-o’qituvchilari va taklif etilgan pedagoglar tomonidan oylik o’quv yuklamalarining bajarilishi yuzasidan Hududiy markaz rahbariyatiga tegishli ma’lumot tayyorlash;

kafedralar tomonidan Hududiy markazda tashkil etilgan malaka oshirish kurslarining ishchi o’quv-mavzu rejalari va o’quv dasturlarining ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish hamda O’quv va ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarining bilan kelishgan holda ularni Hududiy markaz direktori tasdig’iga kiritish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o’quv, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish uchun sharoit yaratish hamda yuqori saviyada tashkil etilishini nazorat qilish;

doimiy ravishda pedagog xodimlarning malaka oshirish davriyligi bo’yicha malaka oshirish rejalarining bajarilishini tahlil qilish hamda ma’lumot tayyorlash;

O’quv jarayonini tashkil etish bo’limining zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

 


Tadbirlar