Bosh sahifa Yangiliklar → Ustoz – qadri buyuk muallim!

Ustoz – qadri buyuk muallim!

Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida 2019-yil 28-oktabr kuni, 1-oktabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan “Ustoz – qadri buyuk muallim!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirga hududiy markazda ko‘p yillar davomida ta’lim-tarbiya sohasida samarali mehnat qilgang faxriy professor-o‘qituvchilar taklif qilindi. Tadbirni hududiy markaz direktori A.Ibragimov ochib berib, professor-o‘qituvchilarni bayram bilan tabrikladi hamda faxriylarimizdan M.Xakimov va N.Mannonovalar so‘zga chiqib, pedagogik faoliyatlari hamda tajribalari haqida yig‘ilganlar bilan o‘rtoqlashdilar. Shundan so‘ng, markazning ish faoliyatida jonbozlik ko‘rsatib, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashib kelayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilardan: “Ilg‘or tajriba va xalqaro hamkorlik ilmiy- axborot tadqiqotlar” bo‘limi boshlig‘i J.Eshquvatov, “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri G.Tagayev, “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) L.Mirzohidova, “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi I.Raimkulova, “O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi” metodisti Q.Suyarovlar rahbariyat tomonidan faxriy yorliq va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Tadbir so‘ngida faxriylarimiz bilan hududiy markaz hovlisida qizg`in davra suhbatlari tashkil etilib, estalik uchun birgalikda suratga tushishdi.



Tadbirlar


A PHP Error was encountered

Severity: Core Warning

Message: PHP Startup: Unable to load dynamic library '/usr/lib/php5/20131226/memcache.so' - /usr/lib/php5/20131226/memcache.so: cannot open shared object file: No such file or directory

Filename: Unknown

Line Number: 0

Backtrace: