Bosh sahifa Yangiliklar → Zamondosh ijodkorlar va kitoblar taqdimoti

Zamondosh ijodkorlar va kitoblar taqdimoti

Joriy yilning 8-oktabr kuni hududiy markazning Tillarni o`qitish metodikasi hamda Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim kafedralari hamkorligida “Zamondosh ijodkorlar va kitoblar taqdimoti”  ma`naviy-ma`rifiy uchrashuv tadbiri o`tkazildi. Tadbirga O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo`limi bosh mutaxassisi, shoira Zuxrabegim Eshonqulova, O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a`zolari Abdurahim Soliyev, Barno Mamasafarova, “Sadoqat” ijodiy to`garakning bir necha ijodkor a`zolari tashrif buyurishdi. Ijodkorlar bilan uchrashuvda Tillarni o`qitish metodikasi hamda Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim kafedralarining professor-o`qituvchilari, ona tili va adabiyot fani va davlat tili fani o`qituvchilari, boshlang`ich ta`lim o`qituvchilari ishtirok etishdi.

         Mazkur uchrashuvni Tillarni o`qitish metodikasi kafedrasi mudiri dotsent S.Yuldosheva kirish so`z bilan ochib berdi. So`ng SamDU professori, O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a`zosi Abdurahim Soliyev, havaskor ijodkor Barno Mamasafarova, shoira Zuxrabegim Eshonqulova hamda “Sadoqat” ijodiy to`garagining ijodkorlari chiqish qildilar. Ular bugungi kunda ta`lim jarayonida kitobxonlik madaniyatining singdirilishi, yoshlarda ijod qilish havasini uyg`otish va ko`nikma, malakasini rivojlantirishning muhimligi to`g`risida fikr yuritdilar. Shu bilan birga o`z ijodiy faoliyatlari bilan tanishtirib o`tib, tinglovchilarning qalblarini to`lqinlantirib ijod namunalaridan o`qib berdilar. Yaratgan nasriy va she`riy to`plamlari bilan  tanishtirdilar, kitoblaridan namunalarni tinglovchilarga taqdim qildilar. Tadbir so`ngida Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim kafedrasi mudiri p.f.n. M.Rahimqulova tadbir mehmonlariga va  qatnashchilariga ijodiy kayfiyat tilab, o`z minnatdorchiligini bildirdi.



Tadbirlar