Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida qatagʻon qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi

2 Mart, 2026 34

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida qatagʻon qurbonlari xotirasini yod etish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirni markaz direktori Anvar Sobirov kirish soʻzi bilan ochib berib, qatagʻon qurbonlari xotirasini eʼzozlash, tarixiy haqiqatni asrab-avaylash va yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Shundan soʻng falsafa fanlari doktori, professor Komil Haydarov maʼruza qilib, qatagʻon yillarining ogʻir saboqlari, millat ziyolilarining jasorati hamda tarixiy xotiraning bugungi kundagi oʻrni haqida atroflicha fikr yuritdi.

 Mazkur davra suhbati ishtirokchilarda tarixiy xotira va milliy oʻzlikni anglash tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech