Kafedra mudiri: Raximqulova Maxbuba Baxronovna

Telefon: +99890-212-80-39

 

Kafedra tarixi bevosita institut tarixi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, 1946-yildan ish faoliyatini boshlagan. 1994-yil sentabr oyigacha ushbu yo‘nalish bo‘lim sifatida faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa undan keyin kafedra sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

O‘tgan davr mobaynida kafedrada dotsentlardan I.Sirojev, R.Juraqulov, F.Narziqulova, katta o‘qituvchilardan G.Ostanova, D.Jurayevalar kafedra mudiri sifatida, metodist o‘qituvchilardan M.Abdullayeva, J.Bustonqulova, D.Inoyatova kabi ustozlar samarali mehnat qilib, kafedraning salohiyatini ko‘tarishga harakat qilishgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘z ish faoliyatlarini davlatimiz rahbarining qaror va ko‘rsatmalari, xalq bilan bo‘lgan uchrashuvlarda bildirgan fikr-mulohazalari, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi, Harakatlar strategiyasini amalda bajarish chora-tadbirlarini ko‘rishga harakat qilishmoqda. Asosiy e’tibor darslarni sifatli va samarali o‘tishga, mashg‘ulotlar jarayonida axborot pedagogik texnologiyalardan oqilona foydalanishga, “Mahorat maktabi” faoliyatini shaklan va mazmunan boyitishga, tinglovchilarning malakadan keyingi faoliyatini tizimli ravishda o‘rganishda e’tibor qaratilmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada 12 ta professor o‘qituvchilari faoliyat olib bormoqda.

Professor-o‘qituvchilar tomonidan nashr etilgan darslik, o‘quv-qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar, OAK e’tirof etgan jurnallarda, chet el ilmiy jurnallarida, Respublika ilmiy va amaliy konferensiyasi materiallarida chop etilayotgan maqola va tezislarda bu jarayon o‘z aksini topmoqda.

Mahalliy va xorijiy OTM, ITIlari, pedagogik mahorat markazlari, umumiy o‘rta ta’lim (maxsus maktab internatlari) maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan samarali hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

Yuldasheva Sevara Maxsudjonovna

O‘qituvchi

+998 99 197 22 45 Batafsil
leadership
Powered by GSpeech