
Markaz nomidan yuritiladigan hujjat ishlarida, unga tegishli ijtimoiy tarmoq hamda vebsaytlarda, targ‘ibot va PR qilishga qaratilgan barcha turdagi materiallarda bosma LOGO shakli sifatida foydalaniladi.
Markaz LOGOTIPI – asosiy ramziy ko‘rinishga ega: bu yangi oy (ko‘ndalang ko‘rinishda), kitob (markazda, ochilgan holatda), pero va shafaq (kitob markazidan chiquvchi shakl) ko‘rinishida.
Yangi oy – ilm-fan va rivojlanishning ramzi sifatida, bu shakl o‘zgarish va yangilanishni anglatadi.
Kitob – bilim, ruhiy ozuqa va donishmandlikni anglatadi.
Pero uch qismi tasviri – markazning asosiy maqsadini anglatuvchi simvolik elementdir.
Shafaq – bilimning, cheksiz imkoniyatlar va uyg‘unlikning belgisi bo‘lib, kitobdan chiqqan shakl suratida yaratilgan.
Logotip faqat to‘q ko‘k rangdan shakllantirilgan.