Innovatsiyalar va malaka oshirish: Xorijiy hamkorlik orqali yangi imkoniyatlar

Innovatsiyalar va malaka oshirish: Xorijiy hamkorlik orqali yangi imkoniyatlar 

📚Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi xorijiy hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Markaz xalqaro tajriba almashinuvi, ilmiy va metodik hamkorlik orqali ta’lim sifatini oshirishga intilmoqda.

✅Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasida xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qilish maqsadida- Hindistonlik STEAM injinering mutaxassisligi bo‘yicha falsafa doktori Christo Anand bilan uchrashuv o'tkazdi.

✅Christo Anand informatika va matematika fani tinglovchilariga dars mashg‘ulotlarida tajriba almashish uchun jalb etilgan.

🎙Markazning xorijiy hamkorlari qatoriga turli davlatlarning pedagogik tashkilotlari, ta’lim muassasalari va ekspertlar kiradi. Bu hamkorlik natijasida:

✔️Zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodikalari joriy qilinmoqda;

☀️O‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda;

🟡Xalqaro konferensiyalar va seminarlar o‘tkazilmoqda;

✏️O‘quv jarayonida innovatsiyalar keng tatbiq etilmoqda.

✅Xorijiy hamkorlik orqali Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi pedagoglari o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib, ta’lim sifatini yanada yuqori darajaga ko‘tarish imkoniga ega bo‘ladi.

Powered by GSpeech