28 fevral kuni pedagogik mahorat markazi metodistlari U.Norqulov, A.Pardayeva hamda F.Roʻziyevlar tomonidan malaka oshirish kurslarida oʻqiyotgan rus tili va ingliz tili fani oʻqituvchilari oʻrtasida “ENG YAXSHI KOʻRGAZMALI QUROL” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

Tanlovda ishtirok etgan oʻqituvchilar oʻz qo‘llari bilan tayyorlagan ijodiy koʻrgazmalarini taqdim etdilar. Har biri oʻziga xos, innovatsion va oʻquvchilar uchun qulay yondashuvlarni namoyish etdi. Didaktik materiallar, interaktiv stendlar, infografikalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan koʻrgazmalar hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

Powered by GSpeech