O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida taniqli adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
📖 Uchrashuv mavzusi: “Adabiyot o‘qitish metodikasining kechasi, buguni va ertasi”.
🗓 Sana: 2026-yil 15-oktyabr
🕥 Vaqt: soat 10:30
📍 Manzil: Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi, faollar zali.
💡 Uchrashuvda adabiyot o‘qitish metodikasining bugungi holati, ona tili va adabiyot hamda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini yuksaltirishga doir muhim masalalar, o‘zbek tilining nufuzi, milliy adabiyotimizning kelajagi va yosh avlod tafakkurini shakllantirishda adabiyot ta’limining o‘rni yuzasidan fikr-mulohazalar almashiladi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo'ladi.