USTOZNING ISHONCHI — O‘QUVCHINING UMIDI!

14 Sentyabr, 2026 7

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi tomonidan o‘quvchilarga umid, ishonch va motivatsiya berishga qaratilgan “Ustozning ishonchi — o‘quvchining umidi” chellenji tashkil etilmoqda.

💭 Ba’zan birgina “Sen uddalaysan!”,
❤️ birgina “Men senga ishonaman!”,
🌱 birgina “Taslim bo‘lma, yana bir bor urinib ko‘r!”


degan so‘z o‘quvchining hayotida katta burilish yasashi mumkin.

📚 Hurmatli ustozlar! O‘quvchilaringizga kuch, ishonch va umid bergan hayotiy vaziyatlarni aks ettiruvchi videoroliklar bilan chellenjda ishtirok eting.

✨ Zero, yaxshi ustoz faqat bilim bermaydi — u o‘quvchisiga o‘ziga ishonishni ham o‘rgatadi.

🤝 Keling, birgalikda har bir o‘quvchiga: “SENING QO‘LINGDAN KELADI! BIZ SENGA ISHONAMIZ!” degan ezgu xabarni yetkazaylik!

📲 Eng ta’sirchan videoroliklar Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi ijtimoiy tarmoqlarida yoritib boriladi.

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi
Matbuot xizmati


Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech