YANGI METODIKALAR BO'YLAB BIR OYLIK SARGUZASHT!

2 Oktyabr, 2025 41

Bugungi kun o‘qituvchisi kasbiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida o‘zining bilim, ko‘nikma va malakalarini doimiy ravishda oshirishi, takomillashtirishi va yangilab borishi zarur.
     🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-231-sonli Qarori bilan maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning yangi tizimini amaliyotga kiritish va samaradorligini oshirish vazifasi belgilandi hamda muayyan ishlar amalga oshirildi.
Agar kasbiy mahoratingizni oshirish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz, sizni 2025-yil 3-oktabr kuni Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazida yangi tizim asosida tashkil etilayotgan malaka oshirish kurslari ochilish tadbiriga taklif etamiz!

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech