Sizlarni “Kitob o‘qish soati” tadbiriga taklif etamiz. Mutolaa inson tafakkurini boyitadi, ma’naviy dunyoqarashni kengaytiradi va ilm-ma’rifat sari yetaklaydi. Kitob bilan oshno qalbda ezgulik, tafakkur va yuksak maqsadlar kamol topadi.
🗓 Sana: 26-may
🕙 Vaqt: soat 10:00
📍 Manzil: A-110 xona
“Kitob o‘qish soati” davomida kitobxonlik madaniyati, sevimli asarlar va mutolaaning inson hayotidagi ahamiyati haqida fikr almashiladi.
Barchangizni faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
📖 “Bir kitob — ming tafakkur chirog‘i!”