U 1985-yil 20-yanvarda Samarqanddagi Bulungʻur shaharchasida tugʻilgan. Bolaligidan u chet tillarini oʻrganishga qiziqqan va shu tariqa oʻrta maktabni tugatib, keyingi ta’lim olishga boʻlgan qiziqishini davom ettirgan. 2001-2005 yillari Samarqand shahridagi Chet tillar institutida bakalavr bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan. Xozirgi kunga qadar, u 17 yildan ortiq oʻqituvchilik tajribasiga ega. Ish tajribasidan motivatsiya olib, 2022-yilda Chirchiq davlat pedagogika universitetida magistraturada oʻqishini davom ettirdi. 2024 yilda universitetni tugatgandan soʻng, u pedagogik ilmiy sohaga qiziqishi oshgani sabab, hozirda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy faoliyatini davom ettirmoqda. Shu paytgacha u mahalliy va xalqaro miqyosda 20 dan ortiq ilmiy maqolalarni chop ettirgan.