NURMANOVA DILFUZA JAMILOVNA

Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi katta o‘qituvchisi

+998 93 665 56 60

Ish faoliyati

1991-yil 26-yanvarda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan.

Ilmiy tadqiqot yuzasidan 1 ta darslik, 4 ta uslubiy qo‘llanma 1 ta uslubiy ko‘rsatma, 13 ta OAK tomonidan tavsiya etilgan ilmiy jurnallarda, 4 ta xorijiy jurnallarda, jami 30 ga yaqin ilmiy maqolalari chop etilgan. Viloyatning boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilari uchun Mahorat darslari, seminar-treninglar va “Zamonaviy sinf rahbari” qisqa muddatli mualliflik kurslari tashkil qilgan. Sinf rahbarlik va jamoa bilan ishlash doirasida ilmiy-uslubiy faoliyat yuritib kelmoqda.

Xalqaro ta’lim doirasidagi elektron o‘quv platformalarida o‘z kasbiy kompetentligini oshirishda 50 da ortiq kurslarda o‘qib sertifatlarga ega bo‘lgan. Markaz yotoqxonasidagi tinglovchilari uchun “Relax time” nomli dam olish dasturlarini doimiy ravishda o‘tkazib kelmoqda.

Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi tomonidan ishlab chiqilgan “A’lamjon Ibragimov pedagogikasi”nomli ilmiy tadqiqot natijalari va zamonaviy pedagogik yondashuvlar yo‘nalishidagi maxsus telegram kanalida ilmiy va ishci tarkibida doimiy a’zo, “Mahorat akademiyasi” elektron platformasida “Tetiklashtiruvchi o‘yinlar yoki Enerjayzerlar” maxsus yo‘nalishida videokontentlar tayyorlangan va platformada “Eng ko‘p tomosha qilingan material” yo‘nalishida 2022-yilda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Hozirda markazdagi o‘qituvchilik faoliyatiga yondosh holda, Chirchiq davlat pedagogika universitetida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish maqsadida, “Boʻlаjаk boshlаngʻich ta’lim oʻqituvchilаridа oʻquvchilаr jаmoаsi bilаn ishlаsh kompetensiyasini rivojlаntirish metodikаsi” mavzusida mustaqil ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Powered by GSpeech