Raxmonova Dilafro‘z Axrorovna

Tasviriy san’at fani o‘qituvchisi

Ish faoliyati

Raxmonova Dilafro‘z Axrorovna 1992-yil 30-avgustda Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi Talibarzui poyon mahallasida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 2007 yilda 41-umumtaʼlim maktabini tamomlagan.

2018-2021-yillarda Samarqand davlat  universitetining          “Tasviriy va amaliy san’at” fakultetida tahsil olgan.

2024 yil O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining “Tasviriy san’at va texnologik ta’lim”  kafedrasida “Talabalarga grafik dasturlarni o‘rgatishda grafik dasturlardan foydalanishning ahamiyati” mavzusidagi magistirlik ishini himoya qilgan.

Raxmonova Dilafro‘z Axrorovna 2021-2022 o‘quv yili 1-sinf yangi avlod darsliklari “Tasviriy san’at”, “Tabiiy fanlar” (tojik tili) mashq daftari va darsliklarida musahheh.

2022 yil  O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Fan to‘garaklari” festival-tanlovida Tasviriy san’at yo‘nalishida ishtirok etib 1-o‘rinni egallagan.

2022 yil YUNESKOning “ESD 2030”  ta’lim sohasida “Barqaror rivojlanishi uchun ta’lim yo‘nalishidagi ilg‘or tajribalar” mavzusida O‘zbekiston, Qozoqiston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda faol ishtirok etganligi uchun  YUNESKO tashkiloti tomonidan “Tashakkurnoma” bilan taqdirlangan.

2022-2023- o‘quv yilida yaratilgan 1-3-sinf “Alifbo”, “Yozuv daftari”, “Ona-tili va o‘qish savodxonligi”, “O‘qituvchi kitobi”, “Mashq daftari” hamda 6-7-10-sinflar “Tojik tili” va “Adabiyot” darsliklariga slaydlar va turli xil didaktik materiallar tayyorlashda faol ishtirok etganligi uchun ilg‘or ish tajribasi Respublika miqyosida ommalashtirilgan.

2023 yil ta’lim sohasida fidokorona mehnati, o‘zining yuqori kasb mahorati va yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida alohida namuna ko‘rsatib soha rivojiga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tomonidan vazir “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlangan.

2024 yil “Tasviriy san’at darslarida to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish” nomli uslubiy qo‘llanmasi Respublika miqyosida ommalashtirilgan va nashrga tavsiya etilgan.

2025 yil “1-oktabr O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab vazirligi tomonidan “Xalq ta’limi a’lichisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Rahmonova Dilafro‘z Ahrorovna ish faoliyati davomida o‘zi va o‘quvchilari respublika miqyosida o‘tkazilgan ko‘plab tanlovlarda faol ishtirok etib respublika miqyosida 3 – marta, viloyat va tuman miqyosida ko‘plab faxrli o‘rinlarni egallagan.

 

Powered by GSpeech