Pedagogik mahorat markazi tinglovchi xotin-qizlarining yashash sharoitlari o‘rganildi

3 Dekabr, 2025 33

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazining tinglovchilar turar joyida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda xotin-qizlar bo‘yicha mas’ul M. Yakubjanova, markazning professor-o‘qituvchilari N.Yunusova, D.Yunusova, komendant I.Gulomov hamda navbatchi N. Raxmonova ishtirok etib, tinglovchilarning yashash tarzi bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv davomida yotoqxonadagi ichki tartib-qoidalar va intizom masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Tinglovchilar ishtirokida davra suhbati tashkil qilinib, pedagogik markazda amalga oshirilayotgan yangiliklar, yaratilgan sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Tinglovchi ustozlar yotoqxonadagi sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirar ekan, tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech