5E modeli asosida bolalar xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish tajribasi namoyish etildi

14 Mart, 2026 9

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi musiqa fani metodisti V. Niyozov tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 35-maktabning 4-“B” sinf o‘quvchilari ishtirokida “Bolalar xalq qo‘shiqlarini o‘rgatishda 5E modelini qo‘llash” mavzusida noan’anaviy mahorat darsi o‘tkazildi.

Dars jarayonida o‘quvchilarga xalq qo‘shiqlarini o‘rganishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, xususan 5E modeli asosida ta’lim berish usullari amaliy tarzda namoyish etildi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar faol ishtirok etib, milliy kuy-qo‘shiqlar orqali musiqiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.

Mazkur mahorat darsi o‘qituvchilar uchun ham tajriba almashish, zamonaviy metodlarni amaliyotga joriy etish borasida muhim ahamiyat kasb etdi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech