Samarqandda ijtimoiy fanlar mentor oʻqituvchilari uchun oʻquv-amaliy seminar oʻtkazildi

6 Yanvar, 2026 103

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida ijtimoiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha mentor oʻqituvchilar uchun oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbir mentor oʻqituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, hududlarda taʼlim sifatini yaxshilash hamda pedagoglar oʻrtasida tajriba almashuvini yoʻlga qoʻyishga qaratildi.

Seminarni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov hamda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Roziq Fayziyev kirish soʻzi bilan ochib berdi. Nutqlarda ijtimoiy fanlarni oʻqitishda zamonaviy metodlar, mentorlik institutining ahamiyati hamda pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini taʼminlash masalalariga eʼtibor qaratildi.

Seminar jarayonida mentor oʻqituvchilarning hududlarda kasbiy rivojlanish kuni va kasbiy rivojlanish soatini samarali tashkil etish, ushbu mashgʻulotlar orqali fan oʻqituvchilarining metodik savodxonligini oshirish, ochiq darslar, mahorat mashgʻulotlari va tahliliy muhokamalarni yoʻlga qoʻyish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, mentorlarning hududiy faoliyati davomida erishilgan ijobiy tajribalar muhokama qilindi.

Amaliy mashgʻulotlar davomida ishtirokchilar dars jarayoniga innovatsion yondashuvlar, interaktiv metodlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish boʻyicha oʻzaro fikr almashdilar. Bu esa mentor oʻqituvchilarning hududlarda olib boradigan kasbiy rivojlantirish faoliyatini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan seminar mazmuni ijobiy baholanib, mentor oʻqituvchilar tomonidan hududlarda kasbiy rivojlanish kuni va kasbiy rivojlanish soatini muntazam va sifatli tashkil etish taʼlim sifatini oshirishda muhim omil ekani alohida taʼkidlandi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech