Qo‘shrabot tumanidagi “Mustaqillik” MFY hududida faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun “Aqlvoy” avtobusida mobil malaka oshirish xizmatlari tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida Maktabgacha ta’lim metodisti U. Suvonqulov tomonidan “Maktabgacha ta’lim tashkilotining har xil yosh guruhlarida elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishga oid ta’limiy jarayonni tashkil etish” mavzusida qiziqarli va interaktiv usullarga asoslangan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlarda: 🔹 5 ta rivojlanish sohasi asosida maqsadlarni belgilash va amalga oshirish; 🔹 “Loto — Sport” interaktiv qo‘llanmasidan foydalanish; 🔹 “Charxpalak” ko‘rgazmali quroli; 🔹 “O‘zbekiston sportchilari” didaktik to‘plami; 🔹 milliy hunarmandchilikka oid she’rlar; 🔹 o‘yinli ta’lim; 🔹 “Domino” o‘quv-didaktik o‘yinidan foydalanish texnologiyalari amaliy namoyish etildi.
👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: