Barchangizni kirib kelgan Yangi yil bilan Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi jamoasi hamda shaxsan o‘z nomimdan samimiy muborakbod etaman.
Ortga nazar tashlar ekanmiz, o‘tgan yil davomida ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini yuksaltirish yo‘lida samarali ishlar amalga oshirildi. Erishilgan natijalar, albatta, Siz — fidoyi ustoz va murabbiylarning mas’uliyatli mehnati va tashabbuslari bilan chambarchas bog‘liq. Buning uchun barchangizga chuqur minnatdorlik bildiraman.
Kirib kelgan Yangi yil barchamiz uchun yangi imkoniyatlar, ezgu maqsadlar va yuksak natijalar yili bo‘lsin.
Xonadonlaringizga tinchlik va osudalik, oilalaringizga mustahkam sog‘lik, hayotingizga baraka va fayz olib kelsin. Yangi yilda ham ilm-ma’rifat, taraqqiyot va bunyodkorlik yo‘lidagi hamkorligimiz izchil davom etishiga ishonaman.
Sizlarga kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, shogirdlaringizning yutuqlaridan faxr va quvonch, hayotingizda esa doimo farovonlik tilayman.
Kirib kelgan Yangi yil muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Anvar Sobirov
Samarqand viloyati
Pedagogik mahorat markazi direktori