Bilim va tafakkur maydoni — “Zakovat” intellektual o‘yini

22 Iyun, 2026 7

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Ijtimoiy va amaliy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan tarix fani tinglovchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

🧠 Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvda savollar “Yaldo kechasi”, “Men kim?” hamda “Sohibqiron – jahongir Temur” asarlari asosida tuzildi. Ishtirokchilar tarixiy bilimlari, mantiqiy fikrlashi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

📖 Tadbir yakunida faol qatnashgan jamoalar rag‘batlantirilib, kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.

✨ Mazkur intellektual o‘yin tinglovchilarning tarixiy tafakkurini boyitish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda erkin va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech