Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazining geografiya guruhi tinglovchilari uchun tajriba almashish va kasbiy bilimlarni boyitishga qaratilgan navbatdagi amaliy tashrif tashkil etildi.
Tinglovchilar Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi geografiya fani o‘qituvchisi A. Samyayev rahbarligida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Geografiya va ekologiya fakultetiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida tinglovchilarni fakultet dekani, dotsent A. Ravshanov kutib oldi. Dastlab fakultet faoliyati bilan yaqindan tanishilgan bo‘lsa, so‘ng fakultet dekani tomonidan ta’lim muassasasining tarixi, bugungi faoliyati, ilmiy-pedagogik salohiyati hamda istiqboldagi rejalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbirda Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi dotsentlari D. Jurakulova va Sh. Valieva ham ishtirok etib, tinglovchilar bilan fikr va tajriba almashdilar. Muloqot yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga fakultet rahbariyati va professor-o‘qituvchilardan javob oldilar.
Shuningdek, tinglovchilar fakultetdagi “Geologiya va paleontologiya” muzeyi bilan tanishdilar. Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi dotsenti K. Davronov muzey bo‘ylab ekskursiya o‘tkazib, undagi noyob geologik va paleontologik namunalar haqida ma’lumot berdi.
Tashrifning keyingi manzillari Samarqand davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi hamda SamDU qoshidagi “Biokimyo” institutining “Zoologiya” muzeyi bo‘ldi.
Tadbirdan fotolavhalar
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: