Bugun o‘tkazilgan tadbirda Samarqand va Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazlari metodistlari hamda tuman (shahar)lardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tajribali va fidoyi o‘qituvchilari faol ishtirok etdi.
Mashg‘ulotlar davomida:
➡️ matematik va tabiiy-ilmiy yo‘nalishlar
➡️ o‘qish savodxonligini rivojlantirish
➡️ boshlang‘ich ta’lim metodikalari
bo‘yicha onlayn va offlayn tarzda samarali darslar tashkil etilmoqda.
Xususan:
🔹 Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Sherzod Xujakulov
🔹 Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi dotsenti Jaloliddin Boboqulov
tomonidan taqdimotlar o‘tkazilib, amaliy trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Ushbu hamkorlik tajribalari pedagoglar o‘rtasida bilim almashish, ilg‘or metodikalarni joriy etish va ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
📲 Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: