Samarqand viloyatida ma’rifat fidoyisi, professor Pirnazar Davronov nomi bilan bog‘liq an’anaviy olimpiadaning 18 yilligi keng nishonlandi.
Nurobod tumani, Jom qishlog‘i “Omondara” mahallasidagi 21-maktabda o‘tkazilgan “Professor Pirnazar Davronov izdoshlari” olimpiadasida 7–11-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Tadbirda Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov ishtirok etib, oʻquvchi yoshlarga ilm yoʻlida omad tiladi.
Tadbir yakunida eng iqtidorli o‘quvchilar aniqlanib, faxriy yorliq hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ilmga muhabbat, ustozga hurmat — kelajak poydevori!
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: