ISHCHI YIG‘ILISHIDA MUHIM VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

29 Sentyabr, 2026 5

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida direktor Anvar Sobirov raisligida ishlab chiqarish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida markaz direktori jamoani 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.

Yig‘ilishda direktor o‘rinbosari Jasur Abdurahmonov tomonidan markazda Davlat dasturlarining ijrosi yuzasidan ma’ruza qilindi.

Shuningdek, bo‘lim boshlig‘i Ahror Shakarov tomonidan fanlarni rivojlantirish boʻlimi faoliyatiga oid dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruza qilinib, amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida axborot berildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar belgilab berildi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech