Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar, bo‘lim xodimlari hamda metodistlar ishtirokida kasbiy rivojlanish kuni tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni markaz direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Uchrashuv davomida markaz dotsentlari Maxbuba Raximqulova, Rahima Sanayeva hamda metodist Dilshoda Saparova tomonidan ta’limda zamonaviy yondashuvlar yuzasidan muhim ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, 2026-yil 18–19-may kunlari “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi–2026” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida hakamlar hay’ati a’zosi sifatida faol ishtirok etgan bir guruh pedagoglar taqdirlandi.
Tadbir davomida pedagoglar o‘zaro fikr almashib, tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar hamda amaliy tavsiyalar oldilar.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: