“Kitob — ma’rifat ko‘zgusi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi

20 Yanvar, 2026 31

Bugun Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi va Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Kitob — ma’rifat ko‘zgusi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi direktori Zebo Shodiyeva ishtirok etib, mazmunli ma’ruza qildi.

Shuningdek, kutubxona rahbar xodimlari guruhi tomonidan amerikalik olimning “Diqqat: chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyatga erishish” nomli badiiy bo‘lmagan kitobi targ‘iboti o‘tkazildi.

 Ushbu kitobda zamonaviy axborotga boy va diqqat tez chalg‘iydigan davrda chuqur fikrlash, samarali ishlash va muvaffaqiyatga erishish yo‘llari aniq misollar asosida yoritib berilgan. Muallif zamonamizning muvaffaqiyatli insonlari hayotidan misollar keltirar ekan, gadjetlardan uzoqlashib, kitob mutolaasini muntazam davom ettirish shaxsiy rivojlanish uchun muhim ekanini ta’kidlaydi.

Tadbir davomida musiqa guruhi tinglovchilari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Yakunda Zebo Shodiyeva ochiq kutubxonaga kitob sovg‘a qildi.

Powered by GSpeech