Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi 2-guruh tinglovchilari uchun A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga ekskursiya tashkil etildi.
🔵Ekskursiya davomida tinglovchilar axborot-kutubxona markazining faoliyati, zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlari, boy kitob fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
✔️Shuningdek, kutubxona resurslaridan samarali foydalanish, kerakli adabiyotlarni izlash va mutolaa jarayonini mazmunli tashkil etish bo‘yicha foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
📖 Bunday ma’rifiy ekskursiyalar tinglovchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ilmiy izlanishlarga qiziqishini oshirish hamda kutubxona imkoniyatlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: