Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida “Korrupsiyaning oldini olishda ta’limning roli” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kursiga start berildi.
Kursni markaz direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berib, ta’lim tizimida halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodim Xasan Bekmirzayev mavzu yuzasidan ma’ruza qilib, korrupsiyaning oldini olishda pedagoglarning o‘rni va mas’uliyati haqida fikr bildirdi.
Mazkur kurs davomida ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari hamda ta’lim tizimida ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: