Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliya terma jamoasiga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan so‘ng himoyachimiz Abduqodir Husanovning ko‘z yosh to‘kayotgani millionlab muxlislarning qalbini larzaga soldi. O‘yin yakunida uning yig‘lagani haqida xalqaro nashrlar ham xabar berdi.
Ammo, aziz farzandlarimiz, boshingizni egmang!
Sizlar O‘zbekiston futboli tarixida ilk bor jahon chempionati maydoniga chiqib, xalqimizga cheksiz faxr va g‘urur ulashdingiz. Har bir mag‘lubiyat ortida yangi tajriba, har bir ko‘z yosh ortida esa kelajakdagi g‘alabalar yashiringan.
Ona muxlis sifatida shuni aytmoqchimanki, bugun sizlarning ko‘z yoshingiz bizning ham ko‘zimizga yosh keltirdi. Lekin bu yoshlar alamdan emas, Vatan uchun kurashgan, bor kuchini bergan o‘g‘lonlarimizga bo‘lgan mehr va faxrdandir.
🇺🇿 Abduqodir, ko‘z yoshlaringni art! Sen yolg‘iz emassan. Butun O‘zbekiston sen va jamoadoshlaring bilan birga. Biz sizlarga ishonamiz, sizlarni qo‘llab-quvvatlaymiz va kelgusi o‘yinlarda yanada kuchliroq qaytishingizga aminmiz.
Olg‘a, O‘zbekiston! Biz sizlar bilan faxrlanamiz! 🇺🇿⚽️
Shahlo Qoʼziyeva,
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot kotibi. Jurnalist.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: